1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Jarimalarga chegirmalar taqdim etiladi, BHM oshiriladi, ayrim shaxslarga barcha xududlarda imtiyozli transport kartalari beriladi, ba’zi qurilish materiallari bojxona bojidan ozod qilinadi, dori narxlari ustidan monitoring o‘rnatiladi — 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda may oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda may oyi quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oy davomida harorat kechalari +10 darajagacha pasayadi, kunduzi +35 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ba’zi kunlarda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ib o‘tishi mumkin.

Toshkent ko‘chalari “garmoshka” avtobuslarning harakatiga mos keladi — Transport boshqarmasi boshlig‘i

Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, ikkita “garmoshka” avtobus daraxt shoxlariga urilgan ko‘chada yo‘l tasmalari chaproqqa surib qaytadan chiziladi. Shuningdek, u poytaxt ko‘chalarining parametrlari ushbu avtobuslarning o‘lchamlariga to‘liq mos kelishiga ishontirdi.

“Toshshahartransxizmat” elektrobuslar ish jadvalidan kechikayotganiga izoh berdi

“Toshshahartransxizmat” rahbari Anvar Jo‘rayev “Gazeta.uz”ga ayrim elektrobuslar jadvaldan kech qolgani sababini tushuntirdi qildi. Uning aytishicha, bunga avtobus parki mas’ul xodimining elektrobuslar jadvalini eng qizg‘in vaqtida ishni noto‘g‘ri taqsimlagani sabab bo‘lgan.

“Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish jarayoni qanday kechdi?

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan qonun loyihasida dastlabki taqdim etilgan loyihadagi bir qancha imtiyozlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim deputatlar loyiha haqida e’tirozlarini bildirdi.

11-noyabrni ishlanmaydigan bayram kuni etib belgilash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

Mehnat kodeksiga ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ham qo‘shish taklif etilmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi fraksiyada muhokama qilindi.

Buxoroda 13 yoshli qiz yangasi majburlovi bilan bir necha bor zo‘rlab kelingani aytilmoqda

Qorako‘l tumanida akasi vasiyligida qolgan qiz yangasining majburlovi bilan zo‘rlangani aytilmoqda. Hozirda Buxoro viloyati IIB tomonidan JKning 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish moddasi bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Toshkentda 3 kishi ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganlikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi

Yangihayot tumanida 3 nafar fuqaro IIO xodimlarini haqorat qilib, jamoat tartibini buzganlikda ayblandi. Sud ularning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Namanganda reklama banneri 26 yoshli erkak ustiga quladi

Namangan shahrida fundamentidan o‘pirilgan reklama banneri mashina va bir erkak ustiga quladi. Bosh prokuratura fuqaro shifoxonaga olib ketilgani va holat bo‘yicha tekshirish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish uchun 50,5 mln yevro ajratdi

O‘zbekiston va Germaniya taraqqiyot banki KfW o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan 45 million yevrolik kredit shartnomasi va 5,5 million yevrolik grant shartnomasi imzolandi.

O‘zbekistonda chiqindixonalar xavfsizligi bo‘yicha ishchi guruh tuziladi

O‘zbekistonda radioaktiv va boshqa zararli chiqindilar saqlanadigan joylar (hozirda 41 ta) xavfsizligi va suvning favqulodda ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi. Bu BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Shveysariya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan Sanjar Zuparov (suratda) favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Muxtar Muxitdinov va Xurshid Alibayev esa o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

MDH missiyasi O‘zbekistonda referendum yuqori darajada o‘tganini qayd etdi

MDH bosh kotibi, Hamdo‘stlik kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev O‘zbekistonda referendum “yuqori tashkiliy darajada, erkin va ochiq muhitda” o‘tganini aytdi. U xorijiy OAVdagi mamlakatdagi zaif axborot kampaniyasi haqidagi xabarlarni “butunlay yolg‘on” deb atadi.

Buxoroda bir guruh shaxslar 42 nafar nepallikni 124,5 ming dollarga aldab ketgani aytilmoqda

Buxoro shahrida yashovchi ayol bir guruh shaxslar bilan birga 42 nafar Nepal fuqarosining 124,5 ming dollarini olib, aldab ketgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda hibsga olingan fuqarolar qiynoqqa solingani aytilmoqda. IIV holatga munosabat bildirdi

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati jinoyatlarda gumonlanib qo‘lga olingan ikki fuqaro qiynoqqa solingani haqida post e’lon qildi. IIV xabarga munosabat bildirdi.

Toshkentda yangi avtobuslarni boshqarishdagi kamchilik sabab qator xodimlar ishdan olindi

Toshkent shahrida avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqargan haydovchi, shuningdek, bir qator avtobus saroylari rahbar xodimlari ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Bunga ularning transport vositalari ish tartibini to‘g‘ri tashkil etmagani kabi sabablar asos bo‘ldi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 18 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofot beriladi.