Qashqadaryo viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qarshi tumanidan oqib o‘tuvchi kanal chetidagi yo‘lda “VAZ 2106” avtomashinasi yonib ketgani haqidagi video yuzasidan munosabat bildirdi.

Tarqalgan xabarlarda avtomashina ichidagi haydovchi o‘rindig‘ida 22 yoshli yigit jasadi borligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov harakatlari olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, marhumning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlangan. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.