Jamiyat

Toshkent viloyatida erkak 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
13 aprel 2023, 18:45

Toshkent viloyatida erkak 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

Erkak 2019-yilning yozida 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Voqeadan so‘ng qiz bu haqda ota-onasiga aytishga jur’at eta olmagan. Keyinroq ular bundan xabardor bo‘lgach, huquq-tartibot idoralariga qayta-qayta ariza bilan murojaat qilgan. Jinoyat ishi 2023-yilning 4-apreliga kelibgina ochilgan.

Agrar universitetning 21 yoshli talabasi vafot etdi
13 aprel 2023, 17:15

Agrar universitetning 21 yoshli talabasi vafot etdi

Yangiyo‘l shahridagi sport klubida Agrar universitetning 21 yoshli talabasi sog‘lig‘i yomonlashib qolgani oqibatida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashni erta qo‘llab-quvvatlash loyihasi boshlandi
13 aprel 2023, 16:45

O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashni erta qo‘llab-quvvatlash loyihasi boshlandi

O‘zbekiston o‘zining biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy siyosatini BMTning Taraqqiyot dasturi ko‘magida Kunming-Monreal global bioxilma-xillik loyihasiga ko‘ra muvofiqlashtiradi.

O‘zbekiston va Tojikiston chigirtkalarga qarshi transchegaraviy kurash tadbirini o‘tkazdi
13 aprel 2023, 16:21

O‘zbekiston va Tojikiston chigirtkalarga qarshi transchegaraviy kurash tadbirini o‘tkazdi

O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Tojikistonning “Chigirtkalarga qarshi kurash ekspeditsiyasi” muassasasi FAO ko‘magida 70 ming gektar maydonda transchegaraviy tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.

Alisher Fayzilloyev Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi
13 aprel 2023, 15:32

Alisher Fayzilloyev Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumaniga Alisher Fayzilloyev hokim etib tayinlandi. U Davlat soliq qo‘mitasi moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Sobiq hokim boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

“Bu — vahshiylik”. Aziz Abduhakimov — Qashqadaryoda noyob ayiqning otib o‘ldirilgani haqida
13 aprel 2023, 14:32

“Bu — vahshiylik”. Aziz Abduhakimov — Qashqadaryoda noyob ayiqning otib o‘ldirilgani haqida

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Qashqadaryoda noyob ayiq otib o‘ldirilganiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiq aslida aholiga xavf tug‘dirmagan, hokimiyatga esa uni o‘ldirmaslik haqida tavsiya berilgan. Vazirning fikricha, tabiatga bunday munosabat “vahshiylik” va juda katta jinoyat.

Yangi hafta boshida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda
13 aprel 2023, 14:32

Yangi hafta boshida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi sababli 16−17-aprel kunlari respublika shimolida havo harorati kechasi 0 darajagacha tushadi. Kunduzi butun respublika bo‘ylab yomg‘ir va do‘l yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, havo harorati +15 darajadan oshmaydi.

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomi o‘zgarmaydigan bo‘ldi
13 aprel 2023, 14:18

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomi o‘zgarmaydigan bo‘ldi

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomini “Karvon”ga o‘zgartirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik tanqidiga uchragandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov telekanal nomida o‘zgarish bo‘lmasligi, mavjud loyihalar saqlab qolinishi, moddiy-texnik baza masalasiga yechim topilishini ma’lum qildi.

DXX 30 ming dollar evaziga fuqaroni AQShga noqonuniy yuborishda gumonlangan shaxsni qo‘lga oldi
13 aprel 2023, 13:26

DXX 30 ming dollar evaziga fuqaroni AQShga noqonuniy yuborishda gumonlangan shaxsni qo‘lga oldi

DXX 30 ming dollar evaziga fuqaroni AQShga noqonuniy yuborishga kelishib, shundan 5000 dollarni olishda gumon qilingan shaxsni ushladi. Boshqa holatda ham bir nechta fuqaro ayni shu summani olganlikda ayblanib qo‘lga olindi.

Toshkentda ikkinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi
13 aprel 2023, 12:54

Toshkentda ikkinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi

27-aprel kuni Toshkentda gibrid formatdagi ikkinchi inklyuziv biznes-forum o‘tkaziladi. Unda biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhitining odamlar, kompaniya va jamiyat muvaffaqiyatiga ta’siri hamda boshqa mavzular muhokama qilinadi.

Toshkentda Spark urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi
13 aprel 2023, 12:12

Toshkentda Spark urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi

Bektemir tumanida yo‘l chetida to‘xtab turgan mashina bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotgan Spark piyodani urib ketdi. 40 yoshli piyoda tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.

Talabalarga 2-kursdan boshlab bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin
13 aprel 2023, 11:14

Talabalarga 2-kursdan boshlab bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin

Regulation.gov.uz portalida talabalarning 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror loyihasi joylashtirildi. Unga ko‘ra, talabalar OTM rahbari bergan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin bo‘ladi. Qaror loyihasiga 27-aprelgacha taklif kiritish mumkin.

Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi
13 aprel 2023, 11:11

Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi

Toshkentda yoz fasliga rejalashtirilgan Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi. Bu murakkab restavratsiya ishlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, “jamoat maydonining munosib namunasi” bo‘lishi va’da qilingan kutubxona oldida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Andijonda 3 tup chinor daraxtini noqonuniy kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13 aprel 2023, 09:44

Andijonda 3 tup chinor daraxtini noqonuniy kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Izboskan tumanida fuqarolar 3 tup chinor daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib ketdi. Oqibatda tabiatga 131 mln so‘mlik zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

12-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 aprel 2023, 22:00

12-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

So‘xdagi gaz inshootini tiklashni boshlagan O‘zbekiston va Qirg‘iziston, Erdog‘an yuborgan Togg elektromobilini haydab ko‘rgan Mirziyoyev, 24 soat ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etilishi, Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilariga berilgan yegulikdan chiqqan qum va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Namanganda yosh qizni zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
12 aprel 2023, 20:41

Namanganda yosh qizni zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Namangan viloyatida voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanib qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi. Viloyat IIBga ko‘ra, u yashash xonadonining yerto‘lasidan topilgan. Hozirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yer tuyg‘usi. Toshkentlik Anastasiya Stepanova — Marsga parvoz simulyatsiyasi va kosmik uzlat haqida
12 aprel 2023, 19:17

Yer tuyg‘usi. Toshkentlik Anastasiya Stepanova — Marsga parvoz simulyatsiyasi va kosmik uzlat haqida

Toshkentlik Anastasiya Stepanova Marsga ekspeditsiya simulyatsiyasi — “Mars 160” va Oyga parvoz imitatsiyasi — “Sirius-19” loyihalarida qatnashgan. Hozir Colorado School of Mines universitetida doktorlik ishini yozyapti. “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida u faoliyati, rejalari va o‘z missiyasi haqida so‘zlab berdi.

Toshkentga kelgan yangi avtobuslar qachon harakatlanishni boshlaydi va ular eskisidan qanday farq qiladi? Foto
12 aprel 2023, 19:13

Toshkentga kelgan yangi avtobuslar qachon harakatlanishni boshlaydi va ular eskisidan qanday farq qiladi? Foto

Toshkentda yangi elektrobus va 20 yildan beri poytaxtda bo‘lmagan “gormoshkali” avtobuslar taqdimoti bo‘ldi. “Gazeta.uz” ularning xususiyatlari, gormoshkali avtobuslar qaysi yo‘nalishlarga qo‘yilishi hamda buning uchun liniya va bekatlar qanday tayyorlanishi haqida ma’lumot oldi.

Nima uchun Toshkentda suv toshqinlari davom etmoqda? Yangi topshiriqlardan so‘ng muammo hal bo‘ladimi?
12 aprel 2023, 18:38

Nima uchun Toshkentda suv toshqinlari davom etmoqda? Yangi topshiriqlardan so‘ng muammo hal bo‘ladimi?

Kuchli yog‘ingarchiliklar Toshkentni suv bosishiga olib kelmoqda. Drenaj tizimini ta’mirlash 2015-yildan buyon yuqori saviyada muhokama qilinmoqda. Yaqinda prezident muammoni hal etish bo‘yicha dastur ishlab chiqish yuzasidan yana bir bor topshiriq berdi. Xo‘sh, drenaj tizimida nima noto‘g‘ri va uni qanday hal qilish kerak?

Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti
12 aprel 2023, 17:44

Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti

O‘zbekistonda endi ayollarga shilqimlik qilganlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin, xotinini do‘pposlaganlar javobgarlikka tortiladi. Jinsiy zo‘ravonlik qilganlar esa “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha” o‘tirishadi. Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti — “Gazeta.uz” materialida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting