O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekistonning respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddi tashkilotlar, hokimliklarga ushbu pul mukofotlarini tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirish buyurildi.

2017-yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari uchun to‘lanadigan mukofot miqdori 2 mln so‘m, 2018-yilda 5 mln so‘m, 2019-yilda 7,5 mln so‘m, 2020-yilda 10 mln so‘m, 2021-yilda 12 mln so‘m, 2022-yilda — 15 mln so‘m bo‘lgan.