19-iyul kuni O‘zbekistonning 9 ta hududida zilzila qayd etildi, deya xabar qilmoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Zilzila soat 12:26 da yuz bergan. Uning epitsentri Afg‘oniston bo‘lib, zilzila koordinatalari 36,69 gradus shimoliy kenglik; 69,88 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=5,4. Chuqurlik 227 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 512 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxandaryo viloyatida 3 ball, 239 km;
  • Samarqand viloyatida 2−3 ball, 416 km;
  • Jizzax viloyatida 2−3 ball, 421 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 2−3 ball, 432 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2−3 ball, 433 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2−3 ball, 442 km;
  • Andijon viloyatida 2 ball, 503 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 504 km;
  • Toshkent shahrida 2 ball, 511 km.