O‘zbekiston Oliy sudi 4 yil (2019−2022) davomida ko‘rib chiqilgan ishlar, sudlanganlar soni hamda ularning jinsi va jazo turlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ochiqladi.

Unda keltirilishicha, birinchi instansiya sudlarida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari va sudlanuvchi shaxslar soni 4 yil davomida o‘sib borgan (1-jadval).

2019
2020
2021
2022
ish
shaxs
ish
shaxs
ish
shaxs
ish
shaxs
28 846
36 845
30 282
38 137
47 657

61 263

58 697

75 078

1-jadval. Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rib chiqilishi dinamikasi.

Bunda 2019-yilda ko‘rilgan ishlar 28 846 ta tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 58 697 taga yetgan. Sudlanuvchi sifatida qatnashgan shaxslar mos ravishda qariyb 2 baravarga oshib, 36 845 nafardan 75 078 nafarga yetgan.

Statistikaga ko‘ra, 2019-yilda 27603 kishi sudlangan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bir yilda 56 mingdan ortiq shaxs sudlangan (2-jadval).

2019
2020
2021
2022
27 603

27 999

45 010

56 542

2-jadval. Shaxslarning sudlanganlik holati dinamikasi

Oliy sud taqdim etgan raqamlarga ko‘ra, mamlakatda og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi ba’zi jinoyatlarni sodir etish ham o‘sgan. Xususan, to‘rt yilda qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatlar 2019-yilda 376 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 422 taga yetgan. 2021-yilda esa 440 tani tashkil etgan.

Bundan tashqari, nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlar soni ham oshgan. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilantalon-toroj qilish bo‘yicha jinoyatlar to‘rt yilda 2 barobardan ko‘proqqa oshgan (3-jadval).

Jinoyat turi / Yil
2019
2020
2021
2021
Qasddan odam o‘ldirish (JK 97−101-moddalari)
376
377
440
422
Nomusga tegish (JK 118-moddasi)
154
141
160
170
O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (JK 167-moddasi)
2457
1528
3883
5891

3-jadval. Sodir etilgan ayrim jinoyat turlari bo‘yicha ma’lumot.

Statistik ma’lumotda keltirilishicha, sudlanganlar orasida voyaga yetmaganlar soni to‘rt yilda 3,5 baravarga oshgan. Xususan, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 497 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 1773 taga yetgan.

To‘rt yilda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni qariyb 3 barobar ortgan. Ular soni 2019-yilda 6955 kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda 17610 kishiga yetgan (4-jadval).

2019202020212022
6955710712 92217 610

4-jadval. Ozodlikdan mahrum qilinganlar soni.

Shuningdek, 2019-yil boshidan 2023-yil mart oyiga qadar mamlakatda umrbod ozodlikdan mahrum etilganlar 11 nafarni tashkil etgan. Bunda, 2019-yilda 2 kishi, 2020-yilda 3 kishi, 2021-yil 4 kishi, 2022 va 2023-yilning birinchi choragida 1 tadan kishi “oliy jazo”ga hukm qilingan.