O‘zbekiston bo‘ylab 2023-yil yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 6 million 337 ming 764 ta chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, murojaatga ko‘ra 432 764 nafar katta yoshli, 155 978 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan.

Eng ko‘p murojaatlar:

  • Farg‘ona viloyatida — 697 224 ta;
  • Andijon viloyatida — 640 316 ta;
  • Toshkent shahrida — 624 367 ta;
  • Toshkent viloyatida — 609 270 ta;
  • Namangan viloyatida — 580 912 ta qayd etilgan.

Tez yordam xizmatiga eng kam chaqiriq Navoiy (199 007 ta), Sirdaryo (232 702 ta) va Jizzax (248 777 ta) viloyatlarida kuzatildi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan 2022-yil tez tibbiy yordam xizmatiga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushgandi.