Toshkent halqa avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun qurilish ishlari 2021-yilda boshlangandi. O‘shanda 2 ta yo‘lo‘tkazgich qurishmoqchi edi: Birinchisi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan THAYga, ya’ni Sergeli yo‘nalishiga tushish uchun. Ikkinchisi THAYdan ya’ni Rohat yo‘nalishidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga chiqadi. Hozir shu ikkita yo‘l o‘tkazgich va bitta yo‘l o‘qi foydalanishga topshirildi. Yo‘l o‘qi halqa yo‘ldan Sergeli yo‘nalishi orqali Bektemir tumaniga o‘tadi. Uning umumiy uzunligi 179 metr. Bu loyihaning qurilishi bitkazildi.

“Gazeta.uz” quruvchi tashkilot “Grand Road Tashkent” qo‘shma korxonasi marketing bo‘limi boshlig‘i Mirmaqsud Ahmedov bilan suhbatlashib, reja bo‘yicha yana qanday ishlar qilinishini so‘radi.

Hech e’tibor berganmisiz, yo‘lo‘tkazgich ustida turgan vaqtingizda, katta mashinalar harakatlansa, ko‘prik qimirlaydi. Go‘yoki u hozir buzilib ketadigandek (videoda ko‘rishingiz mumkin).

Aslida, yo‘q, yo‘lo‘tkazgich qurilishi qoidalariga ko‘ra, bu monolit ya’ni quyma ko‘prik, dedi kompaniya vakili. Uning qurilishida balka qurilish materiali ishlatiladi. Ustidan asfalt qilinadi. Ustun qurilayotganda o‘rtaga amortizator qo‘yiladi. Aynan ko‘prik qimirlab turishi uchun. Katta mashinalar bu yo‘ldan o‘tganda ko‘prik qimirlaydi va ana shunda tagidagi betonga zarar yetmaydi.

yo‘l taъмирланishи, ko‘prik qurilishi, қўйлиқ bozori

Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.

“Qaytanga u qimirlamasa, bu muammo degani, aks holda betonlar sinib ketadi”, — dedi Mirmaqsud Ahmedov.

Hozir Sergelidan kelib, Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan o‘tiladigan va Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga ketadigan yo‘l qurilishi kerak. Yana bir rejadagi yo‘l — bu Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Rohat yo‘nalishiga olib tushuvchi yo‘l o‘tkazgichdir.

Xodimning aytishicha, hududda hali buzilishi kerak bo‘lgan joy bor. Bu Qo‘yliq qurilish materiallari bozorining bir qismi. U yerdagi avtoturargohdan ko‘prik qurish uchun joy olinishi kerak. Hokimiyat halicha joy olish masalasini hal qilib bergani yo‘q. Buning uchun bozor ma’muriyati bilan kelishish hamda buzishga ruxsat olish kerak. Aytgancha, Qo‘yliq bozorining ayrim qismi aynan shu Toshkent halqa yo‘lining kengaytirilishi munosabati bilan “Food City” savdo majmuasiga ko‘chirildi.

Qurilishning qolgan qismi 60−70 foiz bitib qolgan, deydi kompaniya vakili.

yo‘l taъмирланishи, ko‘prik qurilishi, қўйлиқ bozori

Foto: “Grand Road Tashkent”.

Ko‘prik bilan estakada ulansa, uning ostidagi yer asfalt qilinsa, yakunda obodonlashtirish ishlari qilinsa, ish tugaydi.

Qurilish ishlari ketyapti, lekin baribir asosiy ustunlik transport vositalariga berilyapti. Piyodalar yurishi uchun sharoit ikkinchi darajaligicha qolmoqda. Hozirgi vaqtda insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yib, yo‘lni kesib o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Chunki Qo‘yliq bozoriga metro bekatidan o‘tish uchun boshqa joyning o‘zi yo‘q.

yo‘l taъмирланishи, ko‘prik qurilishi, қўйлиқ bozori

Odamlar metro orqali “Qo‘yliq” bozoriga bormoqchi bo‘lsa, 900 metrdan ko‘proq masofani bosib o‘tish talab etiladi.

yo‘l taъмирланishи, ko‘prik qurilishi, қўйлиқ bozori

Qo‘yliq bozori asosiy darvozasi qarshisidagi yo‘ldan o‘tib-qaytayotgan odamlar. Foto: Google Earth.

Agar Qo‘yliq bozoriga metro orqali borsangiz, sizni eng katta muammo kutib turadi: Bu bozorga yetish uchun yo‘ldan eson-omon o‘tib olishdir.

Buning uchun metroning orqa tarafidan o‘tish, yo‘l bo‘ylab yurib, keyin piyodalar o‘tish joyi bo‘lmagan katta avtomobil yo‘lini kesib o‘tish kerak.

To‘g‘ri, yo‘ldan o‘tish uchun yer osti yo‘li ham bor. Lekin, u hali bitmagan va hozircha yopib qo‘yilgan. Quruvchining aytishicha, yer ostidan gaz quvurlari o‘tgan, Hududgazta’minot uni olib tashlashi kerak. Keyin oqlash ishlari bajarilsa bas, yo‘ldan xavfsiz o‘tish imkoni paydo bo‘ladi. Avval ham “Gazeta.uz” yerosti va yerusti o‘tish yo‘llari qimmatligi va noqulayligi haqida bir necha bor yozgandi.

yo‘l taъмирланishи, ko‘prik qurilishi, қўйлиқ bozori

Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.

Nega piyodalar o‘tish yo‘li orqali yer ustidan o‘tib bo‘lmaydi? “Grand Road Tashkent” xodimining aytishicha, bu yo‘l oddiy shahar ichidagi yo‘l emas.

“Bu magistral yo‘l. Undan asosan yuk mashinalari harakatlanadi. Ya’ni tranzit yo‘l. Bu hududga svetofor yoki piyodalar o‘tish joyi o‘rnatish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Oqim katta bo‘lgani sababli ham piyodalar o‘tish yo‘lini yaratish YTHlarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin”, — dedi u.

yo‘l taъмирланishи, ko‘prik qurilishi, қўйлиқ bozori

Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.

Shu sababli, bozor o‘zining avtoturarhohini kengaytirishi, odamlar avtobuslarga yaratilgan sharoitlarga qarab harakatlanishi kerak, deya qo‘shimcha qildi kompaniya vakili.

yo‘l taъмирланishи, ko‘prik qurilishi, қўйлиқ bozori

Loyihaning ko‘rinishi.

yo‘l taъмирланishи, ko‘prik qurilishi, қўйлиқ bozori

18-iyuldagi ko‘rinishi. Skrinshot: Google Earth.