Toshkent shahrining Nurliyo‘l, Xonobod 1-tor va Qipchoq ko‘chalarining bir qismi 19-iyul kuni soat 15:00 dan 21-iyul 21:00 ga qadar yopiladi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bu vaqtda Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida qurilish ishlari olib boriladi. Xususan, Nurliyo‘l ko‘chasining THAY bilan kesishmasidan Xonobod 1-tor va Qipchoq ko‘chalari bo‘ylab Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan oraliqdagi yo‘l vaqtincha to‘liq yopiladi.

yo‘l yopiladi, стоп

Xarita: Toshkent shahar hokimligi

Haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya qilindi.