Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 316 mln so‘m qalbaki pullar yoqib yuborildi, deya “Gazeta.uz”ga xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, Termiz shahrida yashovchi fuqaro 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 mln so‘m pulni soxtalashtirgan. Huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan soxta pul yasovchi shaxs ushlangan vv jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahri sudi tomonidan soxta pullarni yo‘q qilish belgilangan.

Soxta pullar belgilangan tartibda Termiz tumanidagi maxsus chiqindi poligonida yo‘q qilindi. Yoqilgan buyumlar orasida noqonuniy alkogol mahsulotlari ham bo‘lgan.