Seshanba kuni soat 07:35 da Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Nukus shahrida yashovchi fuqarodan mushuk uy devorlari orasida qolib ketgani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs jonivorga o‘zi yordam bera olmaganini aytib, yordam so‘ragan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar devor g‘ishtlarini teshib, mushukni u yerdan olib chiqdi.