O‘zbekistonda har 10 boladan bir nafari ovqatlanishdagi muammo sabab rivojlanishdan ortda qolgan — Global Nutrition Report

O‘zbekistonda har o‘n nafar boladan biri ovqatlanishdagi muammo sabab rivojlanishdan ortda qolgan. “Bu raqam butun O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha olingan. Viloyatlar o‘rtasida farq ikki xonali raqamgacha yetadi” deydi Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Komiljon Akramov.

Hisob palatasiga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi

Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilingani uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.

Xorazmda bankka to‘pponcha bilan kirishga uringan shaxs ushlandi

Urganch shahrida bankka pnevmatik to‘pponcha bilan kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Holat yuzasidan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlandi.

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 568 ming so‘m etib belgilandi

O‘zbekistonda 2023-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatkich pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdori, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklar summasini belgilashda mezon sifatida ishlatiladi.

“Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti” — Toshkent viloyati hokimi

Chirchiqda uy-joy sotishda korrupsion sxema mavjud, “shapka” va “otkat” olinmoqda, shu sababli aholining uy-joyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkinligiga ishonchi yo‘qoldi, dedi Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev. U shahar hokimi va boshqa sektor rahbarlarini tanqid qildi.

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirmoqchi, biroq un tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirishni rejalashtirmoqda, biroq ayni paytda O‘zbekistondan Afg‘onistonga un mahsulotlari tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda. Mamlakatlar bosh vazirlari o‘rinbosarlari Qarag‘andada maishiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ham muhokama qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi Counter-Strike kibersporti bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Saudiya Arabistonida o‘tgan Counter-Strike:Global Offensive on Steam (CS:GO) kibersporti bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Sportchilar Jahon chempionatida qatnashadi. Shuningdek, jamoaga 7000 dollar pul mukofoti beriladi.

Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Chuvashiya Respublikasida hujjatlarini oldirib qo‘yib, oylik maoshsiz ishlagan o‘zbekistonliklarning 12 nafariga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirildi. Ular O‘zbekistonda yangi pasport oladi.

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi

O‘zbekistonda sudlanganlar va ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda karrasiga oshgan. Sudlangan voyaga yetmaganlarning soni 3 baravardan ko‘proqqa oshgan. Bu Oliy sud ochiqlagan statistik ma’lumotlarda aks etadi.

Termizda 316 mln so‘m qalbaki pullar va alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida soxta pullar yasovchi shaxsdan olib qo‘yilgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 mln so‘m qalbaki pullar va noqonuniy alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi.

2023-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga 6,3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistonda 2023-yil yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 6 mln 337 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi vodiy viloyatlari va poytaxtda qayd etilgan. 2022-yil davomida chaqiriqlar soni 13 milliondan oshgandi.

“Qanchalik qimmatga tushishini his qilolmaganmiz”. O‘zbekiston iqtisodiyotida 1990-yillarda qilingan birinchi katta xato haqida

Paxta va oltin narxining pasayishi, qishloq xo‘jaligidagi og‘ir ahvol sabab O‘zbekiston rahbariyati 1990-yillar o‘rtalarida iqtisodiyotda “katta xato qaror”ni qabul qilgan. Iqtisodchi Komiljon Akramov prezident Karimovni bu qarordan mashhur makroiqtisodchilardan biri Stenli Fisher ham qaytarolmaganini esladi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola va reportajlar:

Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxirigacha ishga tushadi

Prezidentning 2019-yildagi topshirig‘i bo‘yicha qurilishi belgilangan Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxiriga qadar ishga tushadi. 30 gektardan iborat maydonda metan gaz yig‘uvchi quvurlar va chiqindi suyuqliklarini tortuvchi nasoslar bo‘lishi hisobiga yerga zarar yetmasligi va’da qilinmoqda.

“Poytaxt ichidagi avtoban”. “Qo‘yliq” bozori oldidan videoreportaj

“Qo‘yliq” bozori yo‘lida 2021-yildan beri qurilish ishlari olib borilyapti. Hozircha Toshkent halqa avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun yo‘l o‘tkazgichning bir qismi bitkazildi. Bajarilayotgan ishlardan sharoitlar faqat mashinalar uchun yaratilayotgani, piyodalar uchun esa qulayliklar deyarli yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Foto: Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol ortidan elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi

Dushanba kuni kuchli shamol Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda daraxt va uy tomlarining qulashi hamda elektr tarmoqlariga shikast yetishiga sabab bo‘ldi. Foto.