Shavkat Mirziyoyevning 1-iyundagi farmoni bilan prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandi. Mansurbek Olloyorov esa prezidentning ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — agentlik direktori lavozimiga tayinlangan.

Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. U o‘z faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Agentlik tashkil topishi bilan Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tgan.

Hujjatda agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilishi belgilangan. “Gazeta.uz” hududiy boshqarmalar bo‘yicha amalga oshirilgan tayinlovlarni bir yerga jamladi.

Xorazm viloyati

Sherzod Jumanazarovich Berdiyev prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

U tayinlovga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Xorazm viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

Samarqand viloyati

Xurshid Aripovich Nazarov agentlikning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

Bunga qadar Nazarov prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Andijon viloyati

Akmaljon Muhammadumarovich To‘lanov agentlikning Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

Foto: Facebook / Akmal Tulanov

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Akmaljon To‘lanov 1989-yilda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2013-yildan boshlagan. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Farg‘ona viloyati

Elyorbek Madaminovich Asronqulov agentlikning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

U bunga qadar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasi ishlab kelayotgandi.

Namangan viloyati

Ibrohim Ikramovich Xodjiyev agentlikning Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ibrohim Ikramovich 1989-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2011-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

U mehnat faoliyatini yoshlar tashkiloti tizimida tuman, viloyat va Respublika darajasidagi lavozimlarda olib borgan, 2015−2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

Tayinlovga qadar prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Jizzax viloyati

Nargiza Eshqo‘ziyevna Mavlanova agentlikning Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

U tayinlovga qadar Jizzax viloyati hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Qashqadaryo viloyati

Jamshid Aliqulovich Raxmonqulov agentlikning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

Jamshid Raxmonqulov 1987-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi deputati.

Tayinlovga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Sirdaryo viloyati

Adxam Abdullayevich Bayzaqov agentlikning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

U mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Buxoro viloyati

Umidjon Kasimdjonovich Umarov agentlikning Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

Umarov 1983-yilda Kogon tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — buxgalteriya hisobi va audit.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda G‘ijduvon tuman avtomobil yo‘llar boshqarmasida texnik hisobchilikdan boshlab, uzoq yillar viloyat moliya boshqarmasida turli vazifalarda ishlagan.

U tayinlovga qadar Toshkent shahri Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Surxondaryo viloyati

Muxiddin Sayfidinovich Tag‘oyev agentlikning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

U 1983-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2007-yil Termiz davlat universitetini, 2016-yil O‘zbekiston soliq akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash, soliqlar va soliqqa tortish.

Tag‘oyev mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda hamda tuman hokimining o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar 2022-yildan buyon Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Toshkent shahri

Nilufar Hikmatjonovna Foziljonova agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

U tayinlovga qadar qator mas’ul lavozimlarda — Mirzo Ulug‘bek tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri va Toshkent shahri Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. bo‘lib ishlagan.

Toshkent viloyati

Sardorbek Kadirovich Ergashev agentlikining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

Tayinlovga qadar u Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Saylaubay Saparbay o‘g‘li Daniyarov agentlikining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

U tayinlovga qadar prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Navoiy viloyati

Qahramon Rajabov Razzoqovich agentlikning Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

ijtimoiy himoya milliy agentligi

Rajabov tayinlovga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Navoiy viloyati filiali boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.