Dushanba kuni esgan kuchli shamol oqibatida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida daraxtlar va uy tomlari quladi, elektr simlari uzildi.

Tabiiy ofat oqibatlari va Xorazmdagi elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar aks ettirilgan fotosuratlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiali matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi kecha kechki payt tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Xorazm va Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilgani haqida xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar brigadalari hozirda ta’mirlash va tiklash ishlarini davom ettirmoqda.

Xorazmning Yangiariq va Urganch tumanlarining ayrim hududlarida 18-iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Foto

shamol, elektr таъминоти узилиши

shamol, elektr таъминоти узилиши

shamol, elektr таъминоти узилиши

shamol, elektr таъминоти узилиши

shamol, elektr таъминоти узилиши

shamol, elektr таъминоти узилиши

shamol, elektr таъминоти узилиши

Video