2023-yilda ham “O‘zbekgidroenergo” AJ jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Rartings xalqaro reyting agentligining BB- (barqaror) xalqaro kredit reytingini saqlab qoldi va mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga oshirib, b+ darajaga ko‘tardi.

2020-yilda “O‘zbekgidroenergo” reytingi b+ (barqaror) bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda BB- (barqaror) darajasiga ko‘targan. Shu bilan birga, 2022-yilda ham jamiyat BB- (barqaror) darajasini saqlab keldi. Fitch Rartings xalqaro kredit reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJ ning reytingini baholab kelmoqda va bu borada, jamiyat reyting darajasi O‘zbekiston suveren reytingi qatorida ishlab chiqaruvchi tashkilotlar orasida to‘rt yildan beri o‘z mavqeini barqaror holatda saqlab turibdi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ 2023-yilda Fitch Rartings xalqaro agentlik reytingida mustaqil Standalone Credit Profile xalqaro kredit reyting holatini b+ darajaga yuqoriladi. Bu bilan jamiyat O‘zbekistonda shu darajaga ega bo‘lgan top korxonalar ro‘yxatidan joy oldi.

2023-yilda berilgan reyting o‘tgan moliya yilining tahlili natijalari, ya’ni 2022-yilning natijalari sarhisobiga berilgan baho hisoblanadi. Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJning moliyaviy-iqtisodiy biznes strategiyasi holatini mustahkam o‘sib borayotganiga amin boldi.

Jamiyatdagi investitsion muhitning jozibadorligi va uni boshqarishdagi salohiyati, “O‘zbekgidroenergo” kredit yelkasini (Target Leverage) kerakli darajasi boshqaruv raisi nazorati ostida bo‘lib va hozirgi kunda ikka karra baland darajada ekanligi mustaqil kredit reytingini oshishiga olib keldi.

“O‘zbekgidroenergo” tomonidan 2022-yilda sakkizta loyihalarni foydalanishga topshirilishi natijasida, qo‘shimcha 178 MVt ishlab chiqarish quvvati yaratildi hamda jami ishlab chiqarish quvvatlari hajmi 2230 MVtga yetkazildi.

Mazkur reyting darajasi “O‘zbekgidroenergo” AJni jahonning mashhur investorlar bozorlariga aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy hisobotlariga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega o‘zbek ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri sifatida tanitib bormoqda. Qo‘lga kiritilgan mazkur yutuq, kelgusida “O‘zbekgidroenergo” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘larini jalb qilish imkoniyatini beradi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yo‘lida istiqbolli loyihalarini tizimli ravishda davom ettiradi, mamlakatimiz gidroenergetika sohasi rivoji yo‘lida izchil va jadal faoliyatini olib boradi.

Reklama huquqlari asosida.