Suriyadagi terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgan shaxs aniqlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2001-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan M.T. Turkiyaga borib, u yerda “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining ta’siriga tushgan. Aylanma yo‘llar orqali Suriyaga o‘tib, ushbu tashkilot safiga qo‘shilgan.

Uning hozirda jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244−2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ushbu jinoyat uchun qonunchilikda 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.