Juma kuni soat 11:28 dan boshlab 35 kVli “L-Parkentskaya-1,2” elektr tarmog‘idagi nosozlik tufayli Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi minglab xonadonlar va boshqa obyektlar elektr ta’minotisiz qoldi.

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uzilish jami 4500 iste’molchiga ta’sir qildi. Aholi gavjum Parkent ko‘chasi va boshqa qator ko‘chalardagi chorrahalarda svetoforlar ishlamadi. Hech qanday tartibga soluvchilar ham yo‘q edi.

Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida yoritish fonarlari ishlagan, ammo ba’zi chorrahalarda svetoforlar ishlamagan. Piyodalar yo‘laklari ham yoritilmagan.

Ba’zi do‘konlar generatorlardan foydalangan, ba’zilari esa quvvatni elektromobillardan olgan. Kechqurun sotuvchilar sham yoqib o‘tirdi, ular mahsulotlarini saqlash bilan bog‘liq xavotirlarini bildirdi.

Soat 21:30 da Energetika vazirligi “L-Parkentskaya-1” tarmog‘i bo‘yicha ishlar yakunlangani va iste’molchilarning yarmiga, ya’ni 2250 nafariga elektr energiyasi qaytarilganini ma’lum qildi. Ikkinchi tarmoqda esa ta’mirlash ishlari davom etdi.

Soat 23:27 ga kelib vazirlik “L-Parkentskaya-2” tarmog‘ida ta’mirlash ishlari yakunlangani va barcha abonentlar uchun elektr ta’minoti tiklangani haqida e’lon berdi.

“Ta’mirlash ishlari mo‘ljaldagidan ko‘ra ko‘proq cho‘zildi. Qariyb 12 soat mobaynida nosozlikni bartaraf uchun 20 nafardan ortiq xodim mehnat qildi”, — deyiladi xabarda.

Vazirlik yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.

“Gazeta.uz” muxbirlari elektr ta’minoti uzilgan hududlarda bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.

Foto

Yevgeniy Sorochin suratlari:

тошкент, фото, elektr ta’minoti uzilishи

Shuhrat Latipov suratlari: