Shanba kuni tushdan keyin Toshkentda xalqaro aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning birvarakayiga beshta to‘sini qulab tushdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, beton konstruksiyalar qulashi oqibatida kuchli shovqin eshitilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi kran yordamida o‘rnatish vaqtida to‘sinlar qulagani haqida xabar berdi. Ehtiyotsizlik oqibatida bir-biriga urilib, 5 dona to‘sin montaj joyidan tushib ketgan, deyiladi xabarda.

Hodisa natijasida hech kim jabr ko‘rmagan. To‘sinlar tushgan relslar esa vagon omboriga eltadi. Hodisa poyezdlar harakatiga ta’sir qilmagan.

“Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda, tekshirishlar natijasida qo‘shimcha ravishda batafsil ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Amalga oshirilayotgan loyihaning to‘liq nomi — “Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Bobur” ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”ga olib boruvchi va “Sodiq Tolipov” ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni zamonaviy qurilish standartlari asosida qayta qurish”.

“Gazeta.uz” iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tanishgan rekonstruksiya loyihasi haqida batafsil ma’lum bergan edi.

кўприк qurilishи, ўзбекистон temir yo‘llari, yo‘l ўтказгич, ҳодиса

Rekonstruksiya loyihasi eskizi. Manba: Toshkent shahar hokimligi.

Loyiha buyurtmachisi Toshkent shahri hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, bosh loyihachisi “Ko‘prikqurilishloyiha” unitar korxonasi, bosh pudratchi “Ko‘prikqurilish” tresti hisoblanadi. Shu bilan birga, “Gazeta.uz”ning davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlardan aniqlashicha, ikkita loyiha kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan — “Ko‘prikqurilishloyiha” va Allegro Develop Project.

Ishlar fevral oyida boshlangan. obyektni 2024-yilning dekabrigacha topshirish rejalashtirilgan. Yarim qismi demontaj qilingan bo‘lsa-da, aeroportga eltadigan yo‘l o‘tkazgichda harakat to‘xtagani yo‘q.