Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarga bayram chegirmasini e’lon qildi.

Aviakompaniyaning 1-sentabrdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy reyslarining aviachiptalariga 50 foizlik chegirma taqdim etiladi. Chegirma Let L-410 havo kemalarida amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qilmaydi.

Hozircha Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi ma’lum emas.

Prezidentning rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023-yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi фармонида olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 2-sentabr (shanba) qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.