Maktablarda 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi, deb xabar berdi O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Prezidentning “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani sababli 1−3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.

Shu munosabat bilan respublikadagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi, deyiladi xabarda.