Jamiyat

9-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 yanvar 2024, 22:47

9-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Chiqindilar uchun elektromobil, Nazarboyevning Karimov haqidagi xotiralari, Ai-95 benzinining solishtirma narxlari, yangi ishga o‘tgan Inoyatov, itlarni go‘shti uchun so‘yishga taqiq qo‘yayotgan Koreya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Sudyalar oliy kengashi 31 ta tayinlovni amalga oshirdi
9 yanvar 2024, 17:48

Sudyalar oliy kengashi 31 ta tayinlovni amalga oshirdi

Sudyalar oliy kengashining 2024-yildagi birinchi yig‘ilishida 31 nafar sudya lavozimga tayinlandi.

Chery O‘zbekistondagi 2023-yil natijalari bilan bo‘lishdi
9 yanvar 2024, 17:00

Chery O‘zbekistondagi 2023-yil natijalari bilan bo‘lishdi

2023-yilda Chery brendi ostida O‘zbekiston bozorida 9832 dan ortiq avtomobil muvaffaqiyatli sotildi. Brendning dilerlik markazlari ko‘paydi, hamda mijozlar bilan aloqani qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha loyihalar amalga oshirildi.

O‘xshamagan Turkiston konfederatsiyasi va Yelsin bilan basseyndagi musobaqa. Nazarboyev o‘z kitobida O‘zbekiston va Karimov haqida nimalar yozgan?
9 yanvar 2024, 16:20

O‘xshamagan Turkiston konfederatsiyasi va Yelsin bilan basseyndagi musobaqa. Nazarboyev o‘z kitobida O‘zbekiston va Karimov haqida nimalar yozgan?

Qozog‘istonda 2023-yil dekabrida mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning memuarlar kitobi nashrdan chiqdi. “Gazeta.uz” ma’lum ma’noda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan kitobning O‘zbekiston, jumladan, birinchi prezident Islom Karimovga shaxsiga aloqador parchalarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.

Mubashshir Ahmadga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda — Istanbuldagi konsullik
9 yanvar 2024, 15:05

Mubashshir Ahmadga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda — Istanbuldagi konsullik

Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad deportatsiya markaziga joylashtirilgan, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi. Unga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Toshkentdagi “Arzon Dorixona”ga tegishli litsenziya bekor qilindi
9 yanvar 2024, 14:43

Toshkentdagi “Arzon Dorixona”ga tegishli litsenziya bekor qilindi

Toshkentdagi “Arzon Dorixona”ga berilgan litsenziya bekor qilindi. Tekshiruvda unga tegishli dorixonada 25 turdagi dori vositasi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan o‘tmagani va sertifikati mavjud emasligi aniqlangan.

O‘zbekistonga chiqindi tashiydigan birinchi elektromobil keltirildi
9 yanvar 2024, 14:31

O‘zbekistonga chiqindi tashiydigan birinchi elektromobil keltirildi

Xitoydan O‘zbekistonga chiqindilarni tashish uchun mo‘ljallangan birinchi elektromobil keltirildi. Tor ko‘chalarda ham harakatlanadigan va 3 tonnagacha yukni ko‘taruvchi elektrotexnika vositasi Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
9 yanvar 2024, 14:03

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi aniqlangani yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 102 kishi bedarak yo‘qolgan. 28 ming mahalliy aholi evakuatsiya markazlarida qolmoqda.

Mubashshir Ahmad Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi
9 yanvar 2024, 12:09

Mubashshir Ahmad Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi

Azon Global portali o‘z asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovning Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Unga ayni qanday ayblov qo‘yilganiga aniqlik kiritilmagan.

Mahallalar uyushmasi Bandlik vazirligi va “Mahalla” fondi shtatlarini qisqartirish hisobiga tashkil etilmoqda
9 yanvar 2024, 11:54

Mahallalar uyushmasi Bandlik vazirligi va “Mahalla” fondi shtatlarini qisqartirish hisobiga tashkil etilmoqda

Yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi 982 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi. U Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 662 ta va “Mahalla” xayriya jamoat fondining 320 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

Xorazmda ota 14 yoshli o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi
9 yanvar 2024, 11:17

Xorazmda ota 14 yoshli o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda otasi urgan bolaning yuzi va boshida ko‘karish hamda chandiqlar borligi aks etgan video tarqaldi. IIV voqea Urganch shahrida bo‘lganini va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.

“Muammo yaqin kelajakda dahshatli darajaga kelishi mumkin”. Iqlimshunos — Toshkent havosining ifloslanishi haqida
9 yanvar 2024, 06:21

“Muammo yaqin kelajakda dahshatli darajaga kelishi mumkin”. Iqlimshunos — Toshkent havosining ifloslanishi haqida

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Toshkent havosining ifloslanishi, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri va chang bo‘ronlariga qarshi kurash haqida gapirdi. “Havoning ifloslanishi O‘zbekistonda millionlab odamlar uchun xavf tug‘dirmoqda va bu tahdid geometrik progressiyada o‘sib boradi”, — dedi u.

O‘zbekiston byordvotcherlari 2023-yilning eng yaxshi qush kuzatuvchisini aniqladi
9 yanvar 2024, 00:24

O‘zbekiston byordvotcherlari 2023-yilning eng yaxshi qush kuzatuvchisini aniqladi

O‘zbekiston byordvotcherlari o‘rtasida “Katta yil-2023” tanlovi yakunlari sarhisob qilindi. O‘tgan yili ular 283 ta qush turini aniqlash va suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Foto.

8-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
8 yanvar 2024, 22:35

8-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Umra xizmatlari uchun yangilangan narxlar, futboldan umrbod chetlatilgan hakamlar, aholiga chiqindi uchun to‘lanadigan mablag‘, ikkita viloyatda quriladigan elektrobus zavodlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Senator bayram kunlarida pirotexnika vositalaridan keng foydalanilgani yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga so‘rov yubordi
8 yanvar 2024, 22:01

Senator bayram kunlarida pirotexnika vositalaridan keng foydalanilgani yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga so‘rov yubordi

Senator Bojxona qo‘mitasi kontrabandani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan bo‘lishiga qaramay, bayram kunlari aholi tomonidan pirotexnika vositalarining keng qo‘llangani yuzasidan qo‘mitaga so‘rov yubordi.

Samarqand viloyatida fuqarodan salkam 32 kg marixuana olib qo‘yildi
8 yanvar 2024, 18:08

Samarqand viloyatida fuqarodan salkam 32 kg marixuana olib qo‘yildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaroning uyidan salkam 32 kg marixuana, shuningdek, opiy va psixotrop dorilar olib qo‘yildi.

Buxoro viloyatida sovuq suv narxi oshiriladi
8 yanvar 2024, 16:46

Buxoro viloyatida sovuq suv narxi oshiriladi

Buxoro viloyatida 15-yanvardan sovuq suv va oqova suv xizmatlari narxi oshadi.

Musulmonlar idorasi Umra xizmatlari uchun yangi narx belgiladi
8 yanvar 2024, 15:44

Musulmonlar idorasi Umra xizmatlari uchun yangi narx belgiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra” markazida Umra xizmatlari narxi 10-yanvardan bir kishi uchun 16,6 mln so‘m etib belgilandi.

Chiqindi yig‘ish maydonchalarida qayta ishlanadigan chiqindilar sotib olina boshlaydi
8 yanvar 2024, 15:39

Chiqindi yig‘ish maydonchalarida qayta ishlanadigan chiqindilar sotib olina boshlaydi

Nihoyat Toshkent va bir necha viloyatlarda maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish boshlanadi. Aholiga bepul chiqindi paketlari beriladi. Fuqarolarga qayta ishlangan chiqindilar uchun pul to‘lash rejalashtirilmoqda.

Toshkentda Paynet shoxobchalarida bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochgan shaxs ushlandi
8 yanvar 2024, 14:43

Toshkentda Paynet shoxobchalarida bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochgan shaxs ushlandi

Toshkent shahridagi Paynet shoxobchalarida bir necha bor bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan talonchilik yuzasidan jinoiy ish ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting