Prezident “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqladi

Uning maqsadlari qatoriga barcha fuqarolarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, sog‘lom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash kiradi.

Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish maqsadi “O‘zbekiston-2030” strategiyasiga kiritilmadi

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturini amalga oshirish maqsad qilingandi. Bu vazifa “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasiga ham kiritilgandi, ammo hujjatning qabul qilingan variantidan joy olmadi.

Endi o‘qishga kirolmagan abituriyentlar 5 ta yo‘nalishning birida super kontraktda o‘qishi mumkin

O‘qishga kira olmagan abituriyentlarga tanlagan 5 yo‘nalishidan birida super kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi. Shuningdek, agar abituriyent 1-yo‘nalishga kirolmagan, biroq qolganlaridan birida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsa, 1-yo‘nalishda super kontrakt asosida o‘qishi mumkin.

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non axlatga tashlanadi

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari axlatga tashlanmoqda. “Maxsustrans” isrof qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yil sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.

Toshkentda quduq qopqog‘i avtobusning “garmoshka"sini yirtib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusning “garmoshka"si yirtilgani aks etgan surat paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat"ning ma’lum qilishicha, yo‘ldagi quduq atrofi cho‘kishi sababli chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketgan.

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi. Markaz Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi.

Toshkentda tibbiy sug‘urta tizimi 2024-yildan joriy etiladi

Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish muddati 2024-yil boshiga ko‘chirildi. Ilgari buni shu yilning iyul oyida boshlash rejalashtirilgandi.

Ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlar moliyalashtirilmaydi

O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi joriy etiladi.

O‘zbekistondagi barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2024-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari avgustda qariyb 1 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari so‘mning qadrsizlanishi va pul o‘tkazmalari qisqarishi fonida ketma-ket beshinchi oy pasaydi. Avgust oyida zaxiralar deyarli 1 mlrd dollarga kamaydi va 32,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Yil boshidan buyon mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 3,08 mlrd dollarga kamaydi.

O‘zbekistonda “iqlimiy yoz” davom etmoqda — O‘zgidromet

Iqlimshunoslarning fikricha, haqiqiy kuz o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat +20 darajadan pastga tushganda, yomg‘ir tez-tez yoqqanda boshlanadi. sentabr o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda hali “iqlimiy yoz” davom etmoqda.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida savdo va investitsiyalarni rivojlantirish dasturi imzolandi

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan Savdo va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma (TIPF) imzolagan mintaqadagi birinchi va dunyoda yettinchi davlat bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Seulda qator muzokaralar o‘tkazdi.

Maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga ko‘ra, endi maktablarda kompyuter savodxonligi darslari 1-sinfdan joriy etiladi. Shuningdek, 5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuboriladi.

Ikki va undan ortiq polosali yo‘llardagi “peshexod"larda svetofor o‘rnatish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklariga svetoforlar o‘rnatish majburiy bo‘ladi.