Seshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 131-yo‘nalishda harakatlanayotgan 18 metrli King Long avtobusining o‘rta qismi (garmoshka) yirtilgani aks etgan surat paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 11-sentabr kuni soat 21:35 atrofida Yangihayot tumani Sergeli 1-mavzesidan o‘tgan yo‘lning qatnov qismidagi quduq atrofi cho‘kkan. Oqibatda chuqurlik hosil bo‘lgan va avtobusning o‘rta g‘ildiraklari quduqqa tushib ketgan.

Qopqoq esa mashinaning tag qismi va “garmoshka”siga zarar yetkazgan. Avtobus yo‘lovchilarga zarar yetmagan, deyiladi xabarda.