Jamiyat

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlagan mansabdorlar 3 yilga qamaldi
3 noyabr 2023, 12:25

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlagan mansabdorlar 3 yilga qamaldi

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelgan ikki sobiq amaldorga sud hukmi o‘qildi. Xorazm viloyati adliya boshqarmasi va Yangiariq tumani FVBning sobiq boshliqlari uzil-kesil 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Perfectum yangi “O‘quvchi” tarifi va telefon uchun Cashback taklif qiladi
3 noyabr 2023, 11:00

Perfectum yangi “O‘quvchi” tarifi va telefon uchun Cashback taklif qiladi

Perfectum kompaniyasi maktab o‘quvchilari va ta’lim muassasalari, kollej va litseylarda ta’lim oluvchilar uchun yangi “O‘quvchi” tarifini ishga tushirdi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
3 noyabr 2023, 10:48

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

O‘zgidromet O‘zbekistonga yana “oltin kuz” qaytgani, dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmasligi, shamol esa o‘rtacha tezlikda esishini ma’lum qildi. Harorat kechalari +5…+10 daraja, kunduzi +19…+24 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryodagi 4 ta arxeologik yodgorlikka 7 mlrd so‘mlik zarar yetdi. U yerlarda uy, hojatxona va molxona qurilgan
3 noyabr 2023, 10:38

Surxondaryodagi 4 ta arxeologik yodgorlikka 7 mlrd so‘mlik zarar yetdi. U yerlarda uy, hojatxona va molxona qurilgan

Bosh prokuratura Sherobod tumanidagi “Tallagan tepa”, “G‘o‘rintepa”, “Xushvaqtepa” va “Toshtepa” yodgorliklariga zarar yetkazilganini aniqladi. Bu manzillarda yo‘l, uy-joy, hojatxona va molxona qurilgan. 7 mlrd so‘mlik zarar yetgan ushbu holatlar bo‘yicha hokimlik mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Urganch aeroportida 50 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi
3 noyabr 2023, 10:06

Urganch aeroportida 50 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi

Urganch xalqaro aeroportida xorij fuqarosi 50 dona qadimiy tangani O‘zbekistondan olib chiqib ketishining oldi olindi. Misdan yasalgan tangalar orasida temuriylar davriga oidlari ham bo‘lgan. Hozirda ular “Xiva Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.

Toshkent aeroportida kutib olish hududi ochildi (foto)
3 noyabr 2023, 09:42

Toshkent aeroportida kutib olish hududi ochildi (foto)

Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun kutish zali ochildi. Pavilonni bahorda qurib bitkazish rejalashtirilgandi, lekin boshlangan ish birdan to‘xtatilgan. Uzbekistan Airports kompaniyasi bu terminal kengaytirilgunga qadar vaqtinchalik yechim ekanini qayd etdi.

O‘zbekistonning ikki viloyatida sovuq suv uchun tariflar oshiriladi
2 noyabr 2023, 19:26

O‘zbekistonning ikki viloyatida sovuq suv uchun tariflar oshiriladi

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida 15 va 16-noyabrdan sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari narxlari oshadi.

O‘zbekistonliklar HONOR`ning mamlakatdagi “ovoz elchisi”ni tanlashlari mumkin
2 noyabr 2023, 17:00

O‘zbekistonliklar HONOR`ning mamlakatdagi “ovoz elchisi"ni tanlashlari mumkin

Hakamlar hay’ati HONOR OVOZI loyihasi doirasida 10 000 dan ortiq arizalarni tahlil qilib, 30 nafar finalchini saraladi — g‘olib esa xalq tomonidan tanlanadi.

Moslashuvchan tariflar ortidan transport kartasi sotuvi 200 foizgacha ko‘tarildi — “Toshshahartransxizmat”
2 noyabr 2023, 16:38

Moslashuvchan tariflar ortidan transport kartasi sotuvi 200 foizgacha ko‘tarildi — “Toshshahartransxizmat”

Toshkentdagi jamoat transportida karta orqali yo‘lkira to‘lovchilarga naqd puldan ko‘ra arzonroq moslashuvchan tariflar joriy qilingach transport kartalariga talab oshdi. “Toshshahartransxizmat” rasmiylari yo‘lovchilar 1−2 oy ichida 70−80 foiz yo‘lkirani elektron karta orqali to‘lashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Toshkent shahrida 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi
2 noyabr 2023, 15:09

Toshkent shahrida 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Fuqarolar murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq, Toshkent shahrida 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi.

Asialuxe Travel noyabr ta’tillarini Antaliyada o‘tkazishni taklif qilmoqda
2 noyabr 2023, 15:00

Asialuxe Travel noyabr ta’tillarini Antaliyada o‘tkazishni taklif qilmoqda

Milliy turoperator Asialuxe Travel kuzda Antaliyaga sayohat qilish ustunliklari bilan o‘rtoqlashdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar va “hammasi ichida” kompleks turlari narxlari 8,7 mln so‘mdan boshlanadi.

Qarshidagi Ona va bola salomatligi tibbiyot markazida Belarus boshqaruv tizimi joriy etiladi
2 noyabr 2023, 12:42

Qarshidagi Ona va bola salomatligi tibbiyot markazida Belarus boshqaruv tizimi joriy etiladi

Qashqadaryodagi Ona va bola salomatligi tibbiyot markazida Belarus boshqaruv tizimini joriy etish, viloyatdagi 900 nafar doyani ushbu davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Belarus vakillari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqishda yordam berishini bildirdi.

Toshkent viloyatidagi 106 ta ijtimoiy obyekt qurilishida 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi
2 noyabr 2023, 11:28

Toshkent viloyatidagi 106 ta ijtimoiy obyekt qurilishida 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi

Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan 150 ta obyektda sifatsiz bajarilgan 10,6 mlrd so‘mlik ishlar va 106 ta obyektdagi 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish aniqlandi. Loyiha-smeta hujjati qayta o‘rganilishi natijasida 994 ta loyihadan 216,8 mlrd so‘mlik mablag‘ budjetdan ortiqcha xarajat qilinishining oldi olindi.

O‘zbekistonda ajrashganlarning o‘rtacha yoshi erkaklarda 37, ayollarda 32,9 yoshni tashkil etmoqda
2 noyabr 2023, 10:46

O‘zbekistonda ajrashganlarning o‘rtacha yoshi erkaklarda 37, ayollarda 32,9 yoshni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda yanvar-sentabr oralig‘ida ajrashganlarning o‘rtacha yoshi erkaklarda 37, ayollarda 32,9 ni tashkil etdi. Nikohlanganlarning o‘rtacha yoshi ayollarda 22,5, erkaklarda 27,3 yosh bo‘lgan. Ajrashgan oilalarning yarmidan ko‘pida farzand bo‘lmagan.

Yil yakunigacha Toshkentda 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatiladi
2 noyabr 2023, 09:50

Yil yakunigacha Toshkentda 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatiladi

2023-yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi jami 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatiladi. “Zarbdor ikki oylik” tadbiri davomida 142 ta piyodalar o‘tish joylardagi yetishmaydigan yo‘l belgilar o‘rnatilmoqda.

Buxoro YUNESKOning “Ijodiy shaharlar tarmog‘i” dasturiga kiritildi
1 noyabr 2023, 20:52

Buxoro YUNESKOning “Ijodiy shaharlar tarmog‘i” dasturiga kiritildi

YUNESKO Buxoroni “Ijodkor shaharlar tarmog‘i”ga kiritdi. 2025-yilda shaharda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesi bo‘lib o‘tadi, unda mahalliy hunarmandlar va rassomlar xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishlari mumkin bo‘ladi.

Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytdi
1 noyabr 2023, 20:33

Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytdi

Abduqodir Toshqulov 2021-yilgacha rektorlik qilgan Termiz davlat universitetiga qayta rahbar bo‘ldi. Bungacha u oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi
1 noyabr 2023, 18:05

Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi

Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari — xayriya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonda 2025-yildan yoshga doir pensiya tayinlashda hujjat talab etilmaydi
1 noyabr 2023, 15:09

O‘zbekistonda 2025-yildan yoshga doir pensiya tayinlashda hujjat talab etilmaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi. Bunda, 2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalar alohida murojaat talab etmagan holda, Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli ma’lumotlariga asosan tayinlanadi.

FHDYdan o‘tmagan shaxslarga nikoh o‘qish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
1 noyabr 2023, 13:08

FHDYdan o‘tmagan shaxslarga nikoh o‘qish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi nikohi FHDYda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosim o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab kamsitish ham shunday javobgarlikni keltirib chiqaradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting