Surxondaryo viloyatidagi “Ayritom” chegara bojxona posti xodimlari va DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari navbatdagi kontrabanda holatiga chek qo‘ydi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Qo‘shni davlat (Afg‘oniston)dan bojxona postiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Shu paytda xizmat iti vagonlarning birida shubhali modda borligi yuzasidan belgi bergan.

гиёҳvaнд modda, opiy

So‘ng mazkur vagon chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda uning pastki balka qismida yashirilgan, jami og‘irligi o‘rami bilan 2,14 kilogramm bo‘lgan opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.