Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 9 oylik faoliyati yakunlariga bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda muassasa matbuot xizmati.

Majlis avvalida vazir o‘rinbosari muassasa rahbari vazifasini bajarib kelgan Davron Sheraliyevning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilganini bildirdi. Shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Erdanov Sanjar Sobirovich “O‘zbekkonsert” direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Shundan so‘ng, o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi. Shuningdek, yil yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishishlari zarurligi bildirilib, o‘zgarish bo‘lmasa, vazifasidan ozod etilishlari ta’kidlandi.

o‘zбекkonsert, Sanjar Erdanov

Yig‘ilish davomida muassasaning ish faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, bir oy mobaynida yangi ijodiy loyihalar bo‘yicha aniq choralar belgilanishi qayd etildi. Respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan konsert-tomosha va ko‘ngilochar tadbirlarining dasturlarini alohida e’tiborga olish, kamchliklar va xatolarini bartaraf etish uchun hududiy ommaviy tadbirlar komissiyalari orqali ish olib borish kabi masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev 2022-yilning may oyida “O‘zbekkonsert” direktori etib tayinlangandi.