4-oktabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan 25 yoshli yigitni o‘ldirib, uning mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.
U jinoyat ishi doirasida Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 267-moddalari (Transport vositasini olib qochish) bilan gumonlanuvchi tariqasida jalb qilindi.
Aniqlanishicha, holatga o‘rtadagi pul qarzi sabab bo‘lgan. Tergov davom etmoqda.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, marhumning jasadi yonayotgan mashinadan 300 metr uzoqlikdan topilgan.