O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 716 885 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

2023-yilning 9 oyida tug‘ilganlarning 371 597 nafari o‘g‘il bola, 345 288 nafari qiz bola hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti tahlillariga ko‘ra, o‘zbekistonlik oliy ma’lumotli ayollar bir oila uchun 2 nafar farzand yetarli deb hisoblaydi.

1-iyul holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi 36,4 mln kishini tashkil etmoqda. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida (4 mln 159 ming), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (904,9 ming) yashaydi.