12−14-oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deya ogohlantirdi O‘zgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev.

12−13-oktabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 13-oktabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

13−14-oktabrda havo harorati kunduz kunlari +10…+15 darajagacha, kechalari +2…+5 darajagacha pasayadi, shimolda −1…−3 darajagacha bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 11-oktabrda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi aytilgandi.