Toshkent shahrida harakatlanuvchi 2 ta avtobusning yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Xususan, O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yil 16-oktabr kunidan boshlab, 89-sonli “Qorasuv 1-mavzesi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishi harakati Chorsu savdo markazi bekatidan Paxtakor metrosi ASHBgacha qisqartiriladi. Qisqartirishdan so‘ng 89-sonli yo‘nalish “Qorasuv 1-mavzesi — Paxtakor metrosi” oralig‘ida harakatlanadi.

Foto: “Toshshahartransxizmat”Foto: “Toshshahartransxizmat”

89-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Chorsu savdo markazicha yetib olish uchun Paxtakor metrosi bekatidan 53, 64, 65-sonli avtobus yo‘nalishlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, 16-oktabr kunidan boshlab, 14-sonli “TTZ bozori — Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishi harakati Yuzrabot ko‘chasi bo‘ylab TTZ avtoshohbekatigacha uzaytiriladi. Uzaytirishdan so‘ng 14-sonli yo‘nalish TTZ bozorigacha harakatlanmasdan, “TTZ avtoshohbekati — Toshkent vokzali” oralig‘ida harakatlanadi.

avtobus yo‘nalishi

14-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar TTZ bozori bekatigacha yetib olish uchun 17-sonli avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.