Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan fuqarolik va xo‘jalik sudlarining qarorlariga asosan Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida o‘zboshimchalik bilan qurilgan 11 ta bino buzib tashlnadi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Tabiat bog‘i mutasaddilari tomonidan 2021−2022-yillarda dam olish maskani qurish uchun 57 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga ijara shartnomasi asosida 39,8 gektar yer maydoni ajratilgani haqida avvalroq yozgan edik. Oqibatda ijarachilar 8015 kvadrat metr maydondagi butalar va o‘simliklarni yo‘q qilgan va noqonuniy qurilish ishlarini olib borgan.

Ekologiya vazirligi.Ekologiya vazirligi.

Milliy bog‘ hududidagi og‘ir rekonstruksiyali binolar, devor va to‘siqlar bosqichma-bosqich maxsus texnikalar yordamida buzilmoqda., deya qayd etdi vazirlik.

Ekologiya vazirligi.Ekologiya vazirligi.

“Milliy bog‘ hududida buzilgan binolar o‘rni tezkor tartibda tozalanib, qurilish chiqindilari olib chiqib ketilmoqda va o‘rniga manzalari daraxtlar ekilib, hududda yashil bog‘lar barpo etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qolgan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atib, qo‘shimcha tarzda o‘rganish ishlari olib bormoqda.