O‘zgidromet juma kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi

O‘zgidromet juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Harorat kunduzi +10, kechasi +2 darajagacha pasayishi mumkin.

Shahnoza Mirziyoyeva: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mavjudligiga sabab bo‘layotgan jamiyatdagi munosabatni o‘zgartirmoqchimiz

O‘zbekistonda 9 oy davomida bolalarga nisbatan 1240 ta zo‘ravonlik holati qayd etilgan. Zo‘ravonlik oqibatida 22 bola halok bo‘lgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi va YUNISEF bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasini taqdim etdi.

O‘zbekiston zilziladan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yubordi

7-oktabrdagi kuchli zilzilalardan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga O‘zbekistondan qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yetkazildi. Jo‘natma tarkibida oziq-ovqat va birlamchi tibbiy yordam vositalari bor."YeI O‘zbekiston uchun ezgulik kuchi bo‘lishda davom etadi". Yevroparlament

O‘zbekiston bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi

Yevroparlament O‘zbekiston bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi, unda mamlakatning yutuq va kamchiliklari, YeI tavsiyalari keltirilgan. “YeI O‘zbekiston uchun ezgulik kuchi bo‘lishda davom etadi… Shu bilan birga, do‘stlar singari kamchiliklar haqida ochiq gapiramiz”, — dedi Yevroparlament deputatlaridan biri.

Rasmiylar elektroskuter va samokatlar harakatini tartibga solmoqchi. Bu qanday bo‘ladi?

IIV yo‘l harakati qoidalariga elektrosamokat va skuterlar harakatini tartibga soluvchi o‘zgartirishlarni kiritmoqchi. 14 yoshga to‘lmaganlarga ularni boshqarishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Ularda piyodalar yo‘laklarida 6 km/soat, yo‘llarda esa 20 km/soat tezlikda harakatlanish mumkin bo‘ladi.

“Soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tmagani bozordagi ustun mavqeini aniqlashga ta’sir etmaydi”. Antimonopoliya qo‘mitasi — Yandex Go haqida

Antimonopoliya qo‘mitasi Yandex Go O‘zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tmaganiga izoh berib, bu uning bozordagi ustun mavqeini aniqlashga ta’sir etmasligini ma’lum qildi. Qo‘mita tez kunlarda raqamli platforma bo‘lgan agregatorlar xizmatlari bozorining tahlili natijalarini e’lon qilmoqchi.

Toshkent viloyatida yigitni o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi

Yangiyo‘l tumanida 25 yoshli taksi haydovchisini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi. Voqeaga ular o‘rtasidagi pul qarzi sabab bo‘lgani aniqlandi.

Deputatlar Surayyo Rahmonovani bolalar ombudsmani etib sayladi

Qonunchilik palatasi Surayyo Rahmonovani Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili etib sayladi. U avval Bosh prokuratura, AOKA va Senatda ishlagan. Nomzod Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari pasaydi

sentabr oyida O‘zbekistonda aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari pasaydi. Aholi va tadbirkorlarning valyuta kursi o‘zgarishidan xavfsirashi biroz pasaygan, lekin yoqilg‘i va energiya narxi oshishini qayd etgan respondentlar ulushi ketma-ket beshinchi oy oshmoqda.

Sayyohning joyini qo‘shimcha pul evaziga vip klassga o‘zgartirib bergan “Afrosiyob” poyezdi boshlig‘i ishdan olingan

Tarmoqlarda xorijlik sayyohning “Afrosiyob” poyezdidagi joyini ekonom klassdan vip klassga o‘zgartirish uchun poyezd boshlig‘iga qo‘shimcha pul bergani aks etgan video tarqaldi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi holat iyul oyida sodir bo‘lgani va boshliq ishdan olinganini bildirdi.

Farg‘onada 6 ta archani quritib qo‘ygan mahalla raisi jarimaga tortildi

Buvayda tumanidagi “Bumozor” MFY raisi tegishli choralar ko‘rmasdan 5 yoshli 6 ta archa ko‘chatlarini qurib qolishiga olib kelgani uchun 330 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadi

O‘zbekistonda o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga oshirilgan malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanadi.