Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Izzat ko‘chasining bir qismi 20 kunga yopiladi, deya xabar berdi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.

Qayd etilishicha, kompaniya 10-oktabrdan 30-oktabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanidagi Ashrafi va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha avtomobil yo‘l qatnovining ma’lum qismini yopgan holda diametri 600 mm va uzunligi 60 metr bo‘lgan quvurlar almashtiradi.

Avtomobil qatnov yo‘li Ashrafi va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Beshariq va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha yopiladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur ishlar issiq suv ta’minoti iste’molchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

“Toshshahartransxizmat”ning ma’lum qilishicha, yo‘l yopilishi munosabati bilan ko‘chaning ko‘rsatilgan qismi orqali harakatlanuvchi 22, 28, 61, 127-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati vaqtinchalik quyidagi chizma asosida tashkil etiladi.

Foto: “Toshshahartransxizmat”Foto: “Toshshahartransxizmat”