Jamiyat

Qurbon hayiti arafasida o‘zbekistonliklar 4 kungacha dam olishi kutilmoqda
28 iyun 2022, 08:57

Qurbon hayiti arafasida o‘zbekistonliklar 4 kungacha dam olishi kutilmoqda

Qurbon hayiti arafasida o‘zbekistonliklar 4 kungacha, 9 iyuldan (shanba) boshlab 12 iyulga qadar (seshanba) dam olishi kutilmoqda, biroq bu hali rasman tasdiqlanmadi. Uzbekistan Airways ayni shu kunlardagi chiptalarga 50 foizlik chegirmani e’lon qildi.

27 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 iyun 2022, 23:14

27 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

OAV xodimlarini tabriklagan prezident, yoqib yuborilgan 2 tonna narkotik moddalar, Qarshiga boradigan yana bitta Afrosiyob poyezdi, «Oltin qalam» bosh mukofoti sohibiga mashina, jaziramada poyezdning sekin harakatlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 27 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jazirama tufayli poyezdlar sekin harakatlanmoqda
27 iyun 2022, 21:56

Jazirama tufayli poyezdlar sekin harakatlanmoqda

Anomal issiqlik tufayli Toshkent metropolitenining yer usti stansiyalarida kunduz kunlari poyezdlar tezligi pasayadi. Shaharlararo poyezdlar ham sekinroq harakatlana boshladi.

Davlat media sohasini qanday qo‘llab-quvvatlamoqchi?
27 iyun 2022, 19:03

Davlat media sohasini qanday qo‘llab-quvvatlamoqchi?

OAV xodimlarining chet tillarga o‘qish xarajatlari kompensatsiya qilinadi, Jurnalistlar uyushmasi jurnalistlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarida qatnashadi, jurnalislarni tayyorlash jarayoni amaliyot bilan integratsiya qilinadi — prezident qarori bilan media sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

Qarshiga yana bitta Afrosiyob poyezdi qo‘yiladi
27 iyun 2022, 18:30

Qarshiga yana bitta Afrosiyob poyezdi qo‘yiladi

8 iyuldan «Toshkent-Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida yana bitta Afrosiyob qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Samarqand va Buxoro viloyatlariga qatnaydigan tezyurar poyezdlar harakati jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi, yakshanba kungi «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob qatnovi esa to‘xtatiladi.

«Oltin qalam» bosh mukofoti sohibiga avtomobil beriladi
27 iyun 2022, 17:36

«Oltin qalam» bosh mukofoti sohibiga avtomobil beriladi

2023 yildan «Oltin qalam» sohiblarining pul mukofoti oshiriladi, qolaversa, bosh mukofot sohibiga avtomobil beriladi. Har chorakda OAVlarda e’lon qilingan eng yaxshi materiallar mualliflari 15 mln so‘mgacha, bolalarga mo‘ljallangan tele va radio mahsulotlar ijodkorlari esa 90 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi.

«Yashil makon» harakati doirasida talablarni bajarmagan 109 nafar mansabdor jarimaga tortildi
27 iyun 2022, 16:38

«Yashil makon» harakati doirasida talablarni bajarmagan 109 nafar mansabdor jarimaga tortildi

«Yashil makon» harakati doirasida kuz va bahor mavsumida jami 213 mln tup daraxt va buta ekildi, deb ma’lum qildi Ekologiya qo‘mitasi. Mazkur daraxtlarni parvarishlashga mas’ul bo‘lgan 109 nafar mansabdor talablarni bajarmagani bois jami 311 mln so‘m miqdorda jarimaga tortildi.

MTRK rahbari birinchi o‘rinbosari Farhod Mahmudov vafot etdi
27 iyun 2022, 12:37

MTRK rahbari birinchi o‘rinbosari Farhod Mahmudov vafot etdi

Milliy teleradiokompaniya raisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farhod Mahmudov 49 yoshida vafot etdi.

Hafta davomida anomal issiq havo davom etadi
27 iyun 2022, 12:13

Hafta davomida anomal issiq havo davom etadi

Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati +45 darajagacha issiq bo‘ladi. Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Bu iqlimiy meyorlardan 5−7 darajaga yuqori ekani aytildi.

2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi
27 iyun 2022, 12:11

2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi

Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 1 tonna 900 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini maxsus pechda yoqib yubordi.

Buxoroda 7 gektar yerni $120 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
27 iyun 2022, 11:39

Buxoroda 7 gektar yerni $120 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida 7 gektar ekin yer maydonini 120 ming dollarga sotishga uringan shaxs kelishilgan pulning 20 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Uzbekistan Airports Toshkent aeroportidagi yuk aravalari bilan bog‘liq muammoni tushuntirdi
27 iyun 2022, 11:14

Uzbekistan Airports Toshkent aeroportidagi yuk aravalari bilan bog‘liq muammoni tushuntirdi

Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravalari yetishmasligini Abadiya Trade kompaniyasi shartnomani bir tomonlama bekor qilgani bilan izohladi. Aeroport xodimlari yo‘lovchilarga yordam berishadi.

Farg‘onada nogiron bola defektolog tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
27 iyun 2022, 10:53

Farg‘onada nogiron bola defektolog tomonidan kaltaklangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bola kaltaklangani aks etgan videoga Farg‘ona viloyati MTB raddiya berdi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea bog‘chada emas, balki defektolog mutaxassisning uyida sodir bo‘lgan. Viloyat IIB bolani mutaxassisning singlisi urgani va ish sudga o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni yana 133 kishi virus yuqtirgani aniqlandi
27 iyun 2022, 10:18

Yakshanba kuni yana 133 kishi virus yuqtirgani aniqlandi

26 iyun kuni O‘zbekistonda 133 kishi koronavirusga chalingani (oldingi kun 139 kishi) ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p kasallik Toshkent shahri va Farg‘onada aniqlangan.

Farg‘onada qizni ko‘chada kaltaklagan yigitning shaxsi aniqlandi
27 iyun 2022, 09:53

Farg‘onada qizni ko‘chada kaltaklagan yigitning shaxsi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit ko‘chada qizni kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Farg‘ona IIBning ma’lum qilishicha, yigitning shaxsi aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Yangi nafas» yoshlar marafoni sababli Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
25 iyun 2022, 12:10

«Yangi nafas» yoshlar marafoni sababli Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

25−26 iyun kunlari «Yangi nafas» yoshlar marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxt markazidagi ayrim ko‘chalar soat 18:00 dan ertasi kuni 10:00 gacha yopiladi.

Juma kuni 119 kishi koronavirus yuqtirdi
25 iyun 2022, 11:22

Juma kuni 119 kishi koronavirus yuqtirdi

24 iyun kuni respublikada 119 kishining koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ularning deyarli yarmi Toshkent shahrida aniqlangan.

$1 mlnni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi
25 iyun 2022, 10:22

$1 mlnni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

DXX Chegara qo‘shinlari 1 mln AQSh dollarining o‘zbek-qirg‘iz chegarasidan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.

Dam olish kunlari juda issiq bo‘lishi kutilmoqda
24 iyun 2022, 23:39

Dam olish kunlari juda issiq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari Turkmanistondan O‘zbekistonga juda issiq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida havo harorati +45 darajagacha ko‘tariladi. O‘zgidromet 25 iyundan mamlakatda chilla boshlanishi va u 3 avgustgacha davom etishini ma’lum qildi.

Toyloqda Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi
24 iyun 2022, 23:32

Toyloqda Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvi natijasida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting