«Zamin» xalqaro jamoat fondi «O‘zsuvta’minot» va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Buxoroda «Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena» loyihasini yakunladi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida G‘ijduvon tumanidagi 2, 32, 33, 34, 42-son maktablarda quduqlar suv bilan ta’minlandi. Shuningdek, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatilgani ma’lum qilindi.

Tashqi va ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurildi. Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orish suvi darajasigacha biologik tozalashning lokal tizimlari yaratildi.


Qolaversa, maktablar joylashgan aholi yashash manzillaridagi xonadonlar ham xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega.