O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi lavozimiga Shavkatovna Kamola Sobirova tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
U yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Kamola Sobirova 1983 yil 13 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oilali, 4 farzandning onasi.
U faoliyatini 2001 yili O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» kanalida tarjimonlikdan boshlab, turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda, xususan, 2019 yilda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining matbuot kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Vazirlik shuningdek, AKT matbuot kotibi — Matbuot xizmati boshlig‘i Sherzod Axmatov o‘z lavozimida qolganini qo‘shimcha qilgan.