Jamiyat

Namanganda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi
1 iyul 2022, 15:03

Namanganda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Namangan viloyatida Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketishi natijasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil katta tezlikda harakatlanib, yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketganligi aytilmoqda.

San’at va madaniyat instituti mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
1 iyul 2022, 14:42

San’at va madaniyat instituti mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga qabul qilishda qonun buzilgani aniqlandi. 6 mingdan ortiq abituriyentning ijodiy imtihon natijasi videosi saqlanmagan, 77 ta abituriyentning amaliy ishi shifrlanmasdan baholangan, 327 mln so‘m asossiz sarflangan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kuzatuvchilarning Toshkent aeroportining xalqaro terminaliga kirishi vaqtincha taqiqlandi
1 iyul 2022, 12:01

Kuzatuvchilarning Toshkent aeroportining xalqaro terminaliga kirishi vaqtincha taqiqlandi

31 iyulga qadar kuzatuvchi shaxslar Toshkent aeroportining xalqaro terminaliga kiritilmaydi. Bu ziyoratchilarning Hajga jo‘nab ketishi va qaytib kelishi, shuningdek, binoning rekonstruksiya qilinishi bilan bog‘liq.

Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi
1 iyul 2022, 11:38

Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi

Juma kuni havo biroz salqinlashganiga qaramasdan, dam olish kunlari harorat +35…+45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Farg‘onaning tog‘li hududlarida esa muzli sel kelish xavfi mavjud. O‘zgidromet keyingi hafta boshida mamlakatga Volga bo‘yidan salqin havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi.

1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
1 iyul 2022, 11:04

1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Qisman bepul bo‘lgan «tonirovka», 100 va 200 foizlik ustama oluvchi ayrim shifokorlar, soliq ma’murchiligi soddalashtirilgan biznes, «Xavfsiz yo‘l» indeksi yuritilishi, mustaqil oilaviy shifokor sifatida ishlashga ruxsat berilgani, tungacha ishlaydigan muzeylar — 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Qashqadaryoda xizmat vaqtida vafot etgan askar voqeasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
1 iyul 2022, 10:04

Qashqadaryoda xizmat vaqtida vafot etgan askar voqeasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda harbiy xizmat vaqtida vafot etgan 18 yoshli Ruslan Qidiraliyevning o‘limi yuzasidan shifokorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi va marhumning o‘limiga rostdan ham «surunkali yurak ishemik kasalligi» sabab bo‘lgani yoki yo‘qligi tekshiriladi.

BMT global yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha birinchi yig‘ilish o‘tkazadi
30 iyun 2022, 22:07

BMT global yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha birinchi yig‘ilish o‘tkazadi

Nyu-Yorkda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha BMTning oliy darajadagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, dunyoda bu boradagi vaziyat yomonlashmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamasdan turib, barqaror rivojlanishni ta’minlab bo‘lmaydi, dedi BMT YeIK.

Gulnora Karimova bilan bog‘liq Gongkongdagi pentxaus $68,4 mlnga qayta sotilgan bo‘lishi mumkin
30 iyun 2022, 21:09

Gulnora Karimova bilan bog‘liq Gongkongdagi pentxaus $68,4 mlnga qayta sotilgan bo‘lishi mumkin

Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinayotgan hashamatli ko‘chmas mulk u qamoqdalik vaqtida 68,4 mln dollarga qayta sotilgan bo‘lishi mumkin, deya xabar qildi Kanadaning The Globe and Mail nashri.

Qurbon Hayiti 9-iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keladi
30 iyun 2022, 18:53

Qurbon Hayiti 9-iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi 30-iyun payshanba kuni Zulhijja oyining 1-kuni ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Qurbon Hayiti 9-iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladilar.

O‘zbekiston aholisini iyul oyida qanday ob-havo kutmoqda?
30 iyun 2022, 18:34

O‘zbekiston aholisini iyul oyida qanday ob-havo kutmoqda?

Iyun oyining oxirida ba’zi hududlarda bu oy uchun maksimal havo harorati bo‘yicha rekordlar yangilandi. O‘zgidrometning xabar berishicha, yaqin kunlarda havo harorati pasayadi. Iyul oyida tog‘li hududlardan boshqa joylarda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.

Mushtlashuv ishtirokchilari hamda fohishaxona tashkilotchilariga sud hukmi o‘qildi
30 iyun 2022, 18:10

Mushtlashuv ishtirokchilari hamda fohishaxona tashkilotchilariga sud hukmi o‘qildi

Sud Toshkent shahar Yunusobod tumanida pichoq qo‘llanilgan oktabr mojarosi ishtirokchilari, shuningdek, Toshkent viloyatida fohishaxona tashkil etgan shaxslarga nisbatan hukmni o‘qib eshittirdi. Ularning ikki nafari qamaldi, yana ikki nafarining ozodligi cheklandi, bir nafari esa ozod qilindi.

«Zarafshon» milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
30 iyun 2022, 17:58

«Zarafshon» milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Jomboy tumanidagi «Zarafshon» milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in kelib chiqdi. Uni 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 2 soatdan ko‘proq vaqtda bartaraf etdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytildi.

“Kovid hech qayerga yo‘qolgani yo‘q”. Koronavirusning yangi to‘lqini avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi
30 iyun 2022, 16:48

“Kovid hech qayerga yo‘qolgani yo‘q”. Koronavirusning yangi to‘lqini avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi

2-sonli Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov “Gazeta.uz"ga intervyusida koronavirusning hozirgi to‘lqini avvalgilaridan nimasi bilan farqlanishi, qaysi alomatlar kasalxonaga yotqizishni talab qilishi va qanday joylarda niqob taqish tavsiya etilishi haqida gapirdi.

Yil boshidan beri iste’molchilarga 180,5 mlrd so‘m keshbek to‘landi
30 iyun 2022, 16:33

Yil boshidan beri iste’molchilarga 180,5 mlrd so‘m keshbek to‘landi

Soliq qo‘mitasi yil boshidan 27 iyunga qadar iste’molchilarga jami 180 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Keshbek cheklarini taqdim etish bo‘yicha Korzinka, Havas va Makro savdo do‘konlari yetakchilik qilmoqda.

Samarqandda uksus ichgan ayol o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazilgan bo‘lishi mumkin
30 iyun 2022, 16:02

Samarqandda uksus ichgan ayol o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazilgan bo‘lishi mumkin

Samarqandda 29 yoshli ayol uksusdan zaharlanib, vafot etgan holat yuzasidan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uni qaynonasi kamsitib kelgani aytilmoqda. Marhumadan oldingi kelin ham o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent dunyoning eng arzon shaharlari Top-10 taligidan joy oldi
30 iyun 2022, 14:56

Toshkent dunyoning eng arzon shaharlari Top-10 taligidan joy oldi

AQShning «Mercer» kompaniyasi dunyoning eng qimmat va eng arzon shaharlari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Gonkong eng qimmat shahar deb topilgan bo‘lsa, Anqara esa eng arzon shahar deya e’tirof etildi. Toshkent esa arzon shaharlarning Top-10 taligida yettinchi o‘rinni band qildi.

O‘zbekistonlik merganlar xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi
30 iyun 2022, 14:26

O‘zbekistonlik merganlar xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi

Turkiyada 12 davlat o‘rtasida o‘tkazilgan merganlik bo‘yicha xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar ikkinchi o‘rinni egalladi. Ular lazerli masofa o‘lchagichdan foydalanmasdan harakatlanayotgan vertolyot va qayiqdan turib nishonlarni yo‘q qilishdi. Turk hakamlari O‘zbekiston jamoasi mahoratini yuqori baholadi.

«Snos» ortidan mulk egasiga yetkazilgan noqulayliklar uchun ham qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi
30 iyun 2022, 14:16

«Snos» ortidan mulk egasiga yetkazilgan noqulayliklar uchun ham qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi

Prezident yer uchastkalarini olib qo‘yish tartib-tamoyillariga oid qonunni imzoladi. Hujjat bilan qaysi holatlar jamoat ehtiyoji deb e’tirof etilishi va nimalarga kompensatsiya to‘lanishi belgilanmoqda. Qolaversa, mulk egasiga yetkazilgan noqulayliklar uchun obyektning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.

Qamoqdan chiqqan fuqarolarga 9,2 mln so‘m yordam puli beriladi
30 iyun 2022, 11:21

Qamoqdan chiqqan fuqarolarga 9,2 mln so‘m yordam puli beriladi

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi» doirasida 9,2 mln so‘m pul beriladi. Uni olish uchun esa fuqaro tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik yo‘nalishlaridagi o‘z loyihasini maxsus komissiyaga taqdim etishi kerak.

Ikki hududda chet el valyutasini noqonuniy tarzda sotishga uringan shaxslar ushlandi
30 iyun 2022, 10:40

Ikki hududda chet el valyutasini noqonuniy tarzda sotishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent va Jizzax viloyatlarida chet el valyutasini noqonuniy tarzda muomalaga kiritganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ikki holatda jami 8700 dollarni 95 mln so‘mga ayirboshlashga chek qo‘yildi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting