Jamiyat

Prezident rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani va pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi
14 mart 2024, 13:38

Prezident rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani va pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joylardagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmaganini, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari shu sababdan lavozimidan ozod etilganini ta’kidladi.

Prezident Sirdaryoga ketayotib muftiy bilan Ramazon oyi haqida suhbatlashdi
14 mart 2024, 13:23

Prezident Sirdaryoga ketayotib muftiy bilan Ramazon oyi haqida suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga poyezdda bordi. Yo‘l-yo‘lakay O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan Ramazon oyi, uning fazilatlari, bu oyni yuksak darajada o‘tkazish va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.

Prezident o‘rmonlarda yong‘in chiqarganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha qonunni imzoladi
14 mart 2024, 13:13

Prezident o‘rmonlarda yong‘in chiqarganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha qonunni imzoladi. Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish orqali yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganlarga alohida ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
14 mart 2024, 12:56

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

15−20-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Toshkentda bahorgi qor bo‘roni — suratlarda
14 mart 2024, 12:48

Toshkentda bahorgi qor bo‘roni — suratlarda

Payshanba kuni ertalab kuchli qor bo‘roni Toshkent aholisini hayratda qoldirdi. Yarim soat ichida shahar qor bilan qoplandi. Ko‘rish darajasi biroz vaqtga yomonlashdi. Svetoforning ishlamay qolgani sabab ayrim chorrahalarda tirbandlik yuzaga keldi. Ba’zi joylarda daraxtlar qulab tushdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Raqamli texnologiyalar vaziri maktablardagi internet va kompyuter masalasi haqida gapirdi
14 mart 2024, 12:32

Raqamli texnologiyalar vaziri maktablardagi internet va kompyuter masalasi haqida gapirdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistondagi deyarli barcha maktablarda internet tarmog‘iga ulanish uchun optik tolali va radiorele aloqa liniyalari mavjudligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, liniyalarni kompyuterlar bilan jihozlash masalasi esa budjetdan ajratiladigan mablag‘ga bog‘liq.

O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlar bilan ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki bo‘yicha tajriba almashishdan manfaatdor
14 mart 2024, 11:50

O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlar bilan ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki bo‘yicha tajriba almashishdan manfaatdor

Senat raisi Tanzila Narbayeva BMT minbarida ayollar o‘rtasida, ayniqsa, qishloqlarda STEM ta’limini targ‘ib qilish, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish va diskriminatsiyaga uchraganlarga huquqiy yordam berish haqida so‘zladi. U MO mamlakatlarida gender tengligi bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilganini aytdi.

Farg‘ona viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
14 mart 2024, 10:12

Farg‘ona viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14 mart 2024, 09:37

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sherzod Rahimov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U tayinlovga qadar Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.

“Qo‘yliq” bozori faoliyati tugatildi
13 mart 2024, 23:23

“Qo‘yliq” bozori faoliyati tugatildi

Davlat ehtiyojlari uchun hududi tortib olinayotgan “Qo‘yliq” bozori faoliyati tugatildi. Tadbirkorlarga faoliyatini Food City, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirish taklif qilinmoqda.

13-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
13 mart 2024, 21:53

13-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Texnik nosozlik tufayli kechiktirilgan “Tashabbusli budjet” jarayonlari, Afg‘oniston biznesi uchun yaratiladigan “shart-sharoitlar”, “madaniyatli insonlar” uchun bepul chiptalar, Uzbekistan Airways`ning bo‘yog‘i ko‘chib ketgan samolyotlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Uzbekistan Airways Boeing 787 Dreamliner samolyoti qanotidagi bo‘yoq ko‘chib ketganiga izoh berdi
13 mart 2024, 19:44

Uzbekistan Airways Boeing 787 Dreamliner samolyoti qanotidagi bo‘yoq ko‘chib ketganiga izoh berdi

Uzbekistan Airways`ning xabar berishicha, Boeing 787 Dreamliner samolyotining kompozit qismlarida bo‘yoqning ko‘chib ketishi muammosi bir necha yillardan buyon kuzatilmoqda. Boeing tavsiyasiga ko‘ra, ekspluatantlar samolyot qayta bo‘yalguniga qadar vaqtincha maxsus yopishqoq lentadan foydalanmoqda.

Yanvar-fevral oylarida tabiiy gaz va elektr energiyadan foydalanish bo‘yicha 215,6 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi
13 mart 2024, 18:25

Yanvar-fevral oylarida tabiiy gaz va elektr energiyadan foydalanish bo‘yicha 215,6 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida iste’molchilar 88,5 mln metr kub tabiiy gaz (132,7 mlrd so‘m) va 77,3 mln kilovatt⋅soat elektr energiyasidan (qariyb 83 mlrd so‘m) noqonuniy foydalangani aniqlandi. Uning natijasida 215 mlrd 648 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Xorazmda birinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilib, jarimaga tortildi
13 mart 2024, 18:17

Xorazmda birinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilib, jarimaga tortildi

Xonqa tumanidagi maktablarning birida birinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi va ma’muriy javobgarlik bo‘yicha jarimaga tortildi.

Firibgarlik uchun qidirilayotgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
13 mart 2024, 18:02

Firibgarlik uchun qidirilayotgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
13 mart 2024, 16:41

Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Ayrim viloyatlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurishda kechikish kuzatilmoqda. Prezident 1-iyulga qadar qurilish ishlarini jadallashtirish va 474 ta uyni foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq berdi. “Ulkan marralarga erishish uchun uy-joy qurilishi hajmini har yili 20 foizga oshirib borishimiz kerak, — dedi u.

Madaniyat vazirligi “madaniyatli insonlar”ga ko‘ngilochar tadbirlar uchun bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi
13 mart 2024, 14:11

Madaniyat vazirligi “madaniyatli insonlar”ga ko‘ngilochar tadbirlar uchun bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi

Madaniyat vazirligi gaz va elektrdan qarzi yo‘q, ma’muriy javobgarlikka tortilmagan “namunali va madaniyatli insonlar”ni aniqlab, ularga ko‘ngilochar tadbirlarga bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi. “Loyiha hali to‘liq ishlab chiqilmagan, buning uchun biroz vaqt kerak”, — dedi vazirlik xodimi.

Prezident uy-joy qurish uchun qo‘shimcha yerlar auksionga qo‘yilishi haqida topshiriq berdi
13 mart 2024, 13:06

Prezident uy-joy qurish uchun qo‘shimcha yerlar auksionga qo‘yilishi haqida topshiriq berdi

Prezident uy-joy bozorida narx oshishining oldini olish uchun taklifni oshirish zarurligini aytdi. Buning uchun viloyat hokimlari uy-joy qurish uchun qo‘shimcha 20 gektar, poytaxtda 60 gektar yerni auksionga qo‘yishi kerak. Shuningdek, prezident aholi va pudratchilarga ham yangi imkoniyatlar berilishi haqida gapirdi.

Farg‘onada salkam 6 ming sifatsiz dorini Namangandagi dorixonalarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
13 mart 2024, 12:34

Farg‘onada salkam 6 ming sifatsiz dorini Namangandagi dorixonalarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Qo‘qon shahrida fuqaro 121 mln so‘mlik salkam 6 ming dona sifatsiz dori vositasini Namangandagi dorixonalariga sotib yubormoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yana bir taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi
13 mart 2024, 12:09

Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yana bir taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda 15 yoshli qizga yo‘l bo‘yi shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlar aytib, shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting