13-mart kuni Sherzod Abduxalilovich Rahimov Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Sherzod Rahimov 1984-yilda Quva tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetini hamda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004-yilda tarix o‘qituvchisi sifatida boshlagan.

2007−2010-yillarda FarDU aspiranti, 2010−2011-yillarda ushbu universitet qoshidagi akademik litseyda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lgan. 2011−2015-yillarda “Kamolot” YOIH Farg‘ona viloyati kengashi raisi bo‘lib ishlagan.

2015−2019-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020-yil 22-yanvardan tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

U yangi lavozimda 2019-yildan buyon ishlab kelgan va hozirda bosh vazir kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlangan Fayzullajon Qosimov o‘rnini egalladi.