Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga bordi.

Safar asnosida davlat rahbari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda diniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida so‘z bordi.

нуриддин холиқназаров, рамазон-2024, шавкат мирзиёев

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni O‘zbekiston musulmonlari ham bu qutlug‘ oyni xursandchilik bilan kutib oldi. “Ro‘zadorlar mamlakatdagi tinchlik va farovonlik sharofatidan ibodatlarini emin-erkin ado etmoqda, buning uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytmoqda. Masjidlarda Qur’oni karim xatm etilib, xalqimizga osoyishtalik, fayzu baraka tilab duolar qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.

нуриддин холиқназаров, рамазон-2024, шавкат мирзиёев

Muftiy bu ulug‘ ayyomda sabr-qanoat, xayru saxovat fazilatlari ziyoda bo‘lishini, yurtdoshlar buni his qilib, savob amallarni ko‘p qilayotganini aytdi.

Prezident bu oyni yuksak darajada o‘tkazish, yurtimizdagi tinchlikni qadrlash va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Inson qadrini ulug‘lash maqsadiga muvofiq, xalqimiz manfaatlarini ta’minlash, muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini aytdi.

нуриддин холиқназаров, рамазон-2024, шавкат мирзиёев

Tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali qishloq aholisi turmushini yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi. Yoshlarni bilim-ma’rifatli va vatanparvar etib tarbiyalash, ularni o‘qishga, mehnatsevarlikka undashning ahamiyati haqida suhbatlashildi.