Jamiyat

Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi
3 aprel 2024, 00:45

Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Qarshi shahrida 9-sinf o‘quvchisi uyidagi gaz trubasiga o‘zini osib, vafot etdi. Uning onasi o‘g‘li besabab o‘z joniga qasd qilganini, hech kimga nisbatan da’vosi yo‘qligini aytgan. Hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

2-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
2 aprel 2024, 21:59

2-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Uy qamog‘idagilar uchun elektron braslet, O‘zbekistonning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari, NKMKning Davaktivga o‘tkazilgan aksiyalari, Rivaldo va Denilson bilan kelishuvga erishgan “Bunyodkor” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Bekobodda ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 aprel 2024, 21:47

Bekobodda ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol 5-qavatdan qulab vafot etgandi. U eri tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchragani aytilgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan JKning “homilador ayolni o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash” qismi bilan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

Toshkent aeroportida yana bir taksi xizmati ishga tushdi
2 aprel 2024, 17:54

Toshkent aeroportida yana bir taksi xizmati ishga tushdi

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida 1-apreldan boshlab Sixt Uzbekistan brendi ostidagi taksi xizmati faoliyat boshladi. Bu ushbu aeroportdagi Taxi Airport Tashkent`dan keyingi ikkinchi rasmiy taksi hisoblanadi.

O‘zgidromet 6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi
2 aprel 2024, 17:12

O‘zgidromet 6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi

3−8-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli 9 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
2 aprel 2024, 16:44

Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Deputatlar Soliq kodeksining “qotil” nomini olgan 227−1-moddasini o‘zgartirish bo‘yicha qonunni qabul qildi. Bu modda yuzasidan jarima chorakdagi sof daromadning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi. Ma’lum bo‘lishicha, modda bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq tadbirkor jarimaga tortilgan va 700 mlrd so‘m jarima solingan.

Toshkent tumanlarida ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat
2 aprel 2024, 16:02

Toshkent tumanlarida ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning deyarli barcha tumanlarida 15-aprel-20-may kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.

Toshkentdagi Davlat drama teatrida vaqtincha tomoshalar o‘tkazilmaydi
2 aprel 2024, 12:45

Toshkentdagi Davlat drama teatrida vaqtincha tomoshalar o‘tkazilmaydi

Poytaxtdagi O‘zbekiston davlat drama teatrida ta’mirlash ishlari sababli bir muddat tomoshalar o‘tkazilmaydi. Ijodiy jamoa ko‘chma spektakl va gastrol safarlarini davom ettiradi. Avvalroq “Gazeta.uz” sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan mazkur tomoshagoh haqida maqola e’lon qilgandi.

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi oshdi
2 aprel 2024, 12:24

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi oshdi

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi 5000 so‘mga qimmatladi. Bog‘ ma’muriyati buni hayvonlarni parvarishlash xarajatlari va kommunal xizmatlar narxi ortgani bilan izohladi.

Uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish taklif etilmoqda
2 aprel 2024, 10:28

Uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish taklif etilmoqda

Ichki ishlar vazirligi uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish ko‘zda tutilgan qaror loyihasini e’lon qildi. Braslet shaxslarning oyog‘iga taqiladi. Bu amaliyotni 2024-yilda bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Toshkentning 2 tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha gaz bo‘lmaydi
2 aprel 2024, 09:58

Toshkentning 2 tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha gaz bo‘lmaydi

Seshanba kuni ta’mirlash ishlari tufayli poytaxtning Sergeli (10:00 dan 18:00 gacha) va Yangihayot (14:00 dan 17:00 gacha) tumanlaridagi ayrim joylarda gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

Endi aholi binolardagi himoyalash kerak bo‘lgan mozaikalar haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi
1 aprel 2024, 22:50

Endi aholi binolardagi himoyalash kerak bo‘lgan mozaikalar haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikni binolardagi himoya va asrab-avaylashga muhtoj mozaika va pannolar haqida xabar berishga chaqirdi.

1-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
1 aprel 2024, 22:16

1-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

8 yil ichidagi eng past inflyatsiya, Germaniyadan olib kelingan haydovchilar, 5 baravarga ortgan budjet subsidiyalari, Turkiyadagi mahalliy saylovlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Energetika vazirligi: Metan uchun 3350 so‘mdan ziyod to‘lov qilgan bo‘lsangiz, uni qaytarishni talab qilish huquqiga egasiz
1 aprel 2024, 21:55

Energetika vazirligi: Metan uchun 3350 so‘mdan ziyod to‘lov qilgan bo‘lsangiz, uni qaytarishni talab qilish huquqiga egasiz

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-aprel kuni AGTKSHlarda metan 3800 so‘mdan sotildi, bu belgilangan chegara, ya’ni 3350 so‘mdan yuqori. Energetika vazirligi iste’molchilar shoxobchaga chek bilan qaytib, ortiqcha to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qildi.

Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
1 aprel 2024, 18:59

Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

2021-yildan beri Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Iskandar Qutbiddinov ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.

Navoiy va Jizzaxda fuqarolarni noqonuniy tarzda AQShga yuborishga uringanlarga jinoyat ishi ochildi
1 aprel 2024, 17:32

Navoiy va Jizzaxda fuqarolarni noqonuniy tarzda AQShga yuborishga uringanlarga jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX Navoiy va Jizzax viloyatida reyd o‘tkazib, fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ulardan biri Meksika davlati orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarodan 14 ming dollar pul talab qilgan.

Solixon domla 15 sutkaga qamaldi
1 aprel 2024, 15:55

Solixon domla 15 sutkaga qamaldi

Solixon domla Ortiqxo‘jayev mayda bezorilik va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi. U uyiga IIO xodimlari kelganida “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilib, o‘tib ketayotgan fuqarolarning tinchini buzgan.

Qashqadaryoda sambochi To‘ra Avloqulov tanishi tomonidan otib ketildi
1 aprel 2024, 15:39

Qashqadaryoda sambochi To‘ra Avloqulov tanishi tomonidan otib ketildi

Shahrisabz shahrida faxriy sambochi To‘ra Avloqulov qo‘lbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Unga kafeda mast holdagi tanishi 50 ming so‘m ortidan kelib chiqqan janjal sabab o‘q uzgan. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochmoqchi bo‘lganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.

Davr Bank Germaniyaning DEG korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi
1 aprel 2024, 15:00

Davr Bank Germaniyaning DEG korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi

DEG korporatsiyasi va Davr Bank 23,5 mln dollarlik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Hamkorlik maqsadi kichik va o‘rta biznes subyektlarining loyihalari hamda ekologiyani saqlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi.

O‘zbekistonda uch yilda bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaydi
1 aprel 2024, 14:37

O‘zbekistonda uch yilda bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaydi

O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi darajasi 7,8 foizga — 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizga kamaydi. Bolalar kambag‘alligining eng past darajasi Navoiy viloyati va Toshkent shahrida, nisbatan yuqori darajasi esa Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qayd etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting