O‘zgidromet xizmati agentligi 15−20-mart kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli ko‘chki respublikaning tog‘li, jumladan, quyidagi hududlarida kuzatiladi:
- Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.