14-mart kuni soat 09:49 da Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila magnitudasi 3,3 ga teng. Chuqurlik — 10 km. Epitsentr esa Toshkentdan 259 km janubi-sharqda. Yer qimirlashi Marhamat tumanda 2−3 ball, Shahrixon, Asaka, Quva, Oltinko‘l tumanlarida esa 2 ball ko‘rinishida sezildi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida oxirgi marta Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida soat 00:33 va 00:34 da 4,4 hamda 4,6 magnitudali zilzilalar qayd etilgandi.