Jamiyat

Andijon viloyati SSB rahbari manfaatlar to‘qnashuvi sababli lavozimini tark etishga qaror qildi
12 noyabr 2022, 08:14

Andijon viloyati SSB rahbari manfaatlar to‘qnashuvi sababli lavozimini tark etishga qaror qildi

Yaqinda Andijon viloyati SSB boshlig‘i etib tayinlangan Jur’atbek Quvvatov tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. U davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun kuchga kirganidan keyin shunday qarorga kelgan.

Buxorolik 22 yoshli yigit 29 yashar xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng yoqib yubordi
11 noyabr 2022, 22:23

Buxorolik 22 yoshli yigit 29 yashar xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng yoqib yubordi

Buxorolik 22 yoshli yigit rashk sababli 29 yoshli xotinini soch quritish uskunasi simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra hodisaga guvoh bo‘lgan 5 yashar o‘g‘lini ham o‘ldirib, xar ikkisining jasadlarini yoqib yubordi. Hodisa Toshkent-Buxoro yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda
11 noyabr 2022, 20:44

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda

Internetda ikki erkakning Qizil kitobga kiritilgan tasqara qushi bilan tushgan surati paydo bo‘ldi. Ekologiya davlat qo‘mitasi va Bosh prokuratura tomonidan ovchilarga qidiruv e’lon qilindi.

««Zangiota-2»dagi har qanday muassasa mamlakatdagi eng yuqori texnologiyali bo‘ladi» — direktor Doniyor Mirazimov
11 noyabr 2022, 19:41

««Zangiota-2»dagi har qanday muassasa mamlakatdagi eng yuqori texnologiyali bo‘ladi» — direktor Doniyor Mirazimov

«„Zangiota-2“ shifoxonasiga qanday muassasa joylashtirilishidan qat’i nazar, u mamlakatdagi eng yuqori texnologiyali klinika bo‘ladi», — deydi direktor Doniyor Mirazimov. U shifoxonadan kelgusida foydalanish ehtimollari, salohiyati va bemorlar logistikasi nuqtai nazaridan uning joylashuvi haqida so‘zlab berdi.

UMS`ni xususiylashtirish uchun konsalting kompaniyasi tanlab olindi
11 noyabr 2022, 19:00

UMS`ni xususiylashtirish uchun konsalting kompaniyasi tanlab olindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Universal Mobile Systems`ning 100 foizlik davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha konsalting kompaniyalari o‘rtasida tanlov o‘tkazdi. Unda KPMG kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.

Rossiyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan makkajo‘xori sotuvdan olib tashlandi
11 noyabr 2022, 18:15

Rossiyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan makkajo‘xori sotuvdan olib tashlandi

Rossiya do‘konlaridan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vakuumli qadoqdagi qaynatilgan makkajo‘xori olib tashlandi. Bunga Krasnoyarskda uch fuqaro zaharlangani sabab bo‘ldi.

YUNESKO bosh direktori Odri Azule O‘zbekistonga keladi
11 noyabr 2022, 18:01

YUNESKO bosh direktori Odri Azule O‘zbekistonga keladi

Toshkentda bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, unda Odri Azule ham ishtirok etishi kutilmoqda. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning aytishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsadlardan biri — «ilg‘or tajribalarimizni jahon hamjamiyatiga taqdim etish»dir.

Hafta boshida tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi
11 noyabr 2022, 17:57

Hafta boshida tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi

O‘zgidromet shoshilinch axborot e’lon qildi — dushanba kunidan boshlab Toshkent, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
11 noyabr 2022, 17:24

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkent markazida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 630 kVtga teng. Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Toshkentda Chelyabinsk viloyati ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma zali ish yuritmoqda
11 noyabr 2022, 17:00

Toshkentda Chelyabinsk viloyati ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma zali ish yuritmoqda

Ko‘rgazma zalida Chelyabinsk viloyati sanoat, gaz, mashinasozlik va oziq-ovqat korxonalari mahsulotlari bilan tanishish mumkin.

11-noyabr dam olish kuni bo‘ladi
11 noyabr 2022, 13:25

11-noyabr dam olish kuni bo‘ladi

Prezident kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan 11 noyabrni “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Agar taklif ma’qullansa, keyingi yildan mazkur sana dam olish kuni bo‘ladi.

Qimor o‘yinlarini reklama qilganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
11 noyabr 2022, 12:56

Qimor o‘yinlarini reklama qilganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Adliya vazirligi taqdim etgan qonun loyihasiga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish, namoyish etish hamda tarqatish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Ushbu harakatlarni sodir etganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Olmaliqda mikroavtobus urib ketishi oqibatida ona-bola vafot etdi
11 noyabr 2022, 11:47

Olmaliqda mikroavtobus urib ketishi oqibatida ona-bola vafot etdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yo‘ldan o‘tayotgan ona-bola Istana urib ketishi oqibatida shifoxonada vafot etdi.

Dam olish kunlarida havo quruq va nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda
11 noyabr 2022, 11:37

Dam olish kunlarida havo quruq va nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq va nisbatan quruq bo‘ladi. Harorat kunduzi +9…+14 daraja, kechasi esa +5 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Chilonzordagi qurilishni to‘xtatib qolgan profilaktika inspektori taqdirlandi
11 noyabr 2022, 10:40

Chilonzordagi qurilishni to‘xtatib qolgan profilaktika inspektori taqdirlandi

Chilonzor tumani «Ko‘tarma» mahallasidagi daraxtzor o‘rnida turar-joy qurilishiga qarshii chiqqan profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.

Har chorakda soliq va statistika organlariga moliyaviy hisobotlarni topshirish talabi bekor qilinadi
10 noyabr 2022, 22:12

Har chorakda soliq va statistika organlariga moliyaviy hisobotlarni topshirish talabi bekor qilinadi

2023 yil 1 yanvardan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi. Bundan tashqari, yuridik shaxslar xodimlarining ish haqi va boshqa daromadlari haqidagi arxiv hujjatlarini saqlash va arxivlarga topshirishdan ozod qilinadi.

Yuriy Nikulinning afsonaviy sirki Toshkentda tomoshalarini taqdim qiladi
10 noyabr 2022, 19:00

Yuriy Nikulinning afsonaviy sirki Toshkentda tomoshalarini taqdim qiladi

19 noyabrdan 11 dekabrgacha Toshkentda Moskvaning “Svetnoy bulvar” xiyobonida joylashgan Nikulin sirki jamoasi Toshkentda bayram dasturini namoyish etadi.

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi
10 noyabr 2022, 18:23

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirildi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr etib belgilandi.

O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda hamkorlik qilishga kelishib oldi
10 noyabr 2022, 17:19

O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda hamkorlik qilishga kelishib oldi

Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi yakunlari bo‘yicha avtomobilsozlik, transport-logistika xizmatlari, yengil sanoat, parrandachilik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va memorandumlar imzolandi.

AQSh Orol dengizining ekotizimini qayta tiklash uchun O‘zbekistonga 1,6 mln dollar ajratdi
10 noyabr 2022, 17:04

AQSh Orol dengizining ekotizimini qayta tiklash uchun O‘zbekistonga 1,6 mln dollar ajratdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Orol dengizi hududida cho‘llanishning salbiy oqibatlari bilan kurashish maqsadida 1,6 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratganini e’lon qildi. Tashabbus dengizning qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting