Rossiyada A.I.M-SHAMSHOD (O‘zbekiston) korxonasida ishlab chiqarilgan vakuumli qadoqdagi qaynatilgan makkajo‘xori (450 g) sotuvdan olib tashlandi.

Bu Krasnoyarsk o‘lkasining uch nafar fuqarosi botulizmning dastlabki tashxisi bilan zaharlanganidan keyin sodir bo‘ldi. Ular ushbu mahsulotni iste’mol qilgani aniqlandi, deya xabar berdi Rospotrebnadzor.

Mahsulot Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk, Kemerovo va Omsk viloyatlari, Oltoy o‘lkasi, Xakasiya Respublikasi, Buryatiya Respublikasi va Trans-Baykal o‘lkasiga yetkazib berilgan, deyiladi xabarda.

Mahsulot importchisiga nisbatan rejadan tashqari tekshirish boshlandi