Rossiya do‘konlaridan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vakuumli qadoqdagi qaynatilgan makkajo‘xori olib tashlandi. Bunga Krasnoyarskda uch fuqaro zaharlangani sabab bo‘ldi.
Toshkentda bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, unda Odri Azule ham ishtirok etishi kutilmoqda. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning aytishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsadlardan biri — «ilg‘or tajribalarimizni jahon hamjamiyatiga taqdim etish»dir.
O‘zgidromet shoshilinch axborot e’lon qildi — dushanba kunidan boshlab Toshkent, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Toshkent markazida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 630 kVtga teng. Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Ko‘rgazma zalida Chelyabinsk viloyati sanoat, gaz, mashinasozlik va oziq-ovqat korxonalari mahsulotlari bilan tanishish mumkin.
Prezident kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan 11 noyabrni “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Agar taklif ma’qullansa, keyingi yildan mazkur sana dam olish kuni bo‘ladi.
Adliya vazirligi taqdim etgan qonun loyihasiga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish, namoyish etish hamda tarqatish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Ushbu harakatlarni sodir etganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yo‘ldan o‘tayotgan ona-bola Istana urib ketishi oqibatida shifoxonada vafot etdi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq va nisbatan quruq bo‘ladi. Harorat kunduzi +9…+14 daraja, kechasi esa +5 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Chilonzor tumani «Ko‘tarma» mahallasidagi daraxtzor o‘rnida turar-joy qurilishiga qarshii chiqqan profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.
2023 yil 1 yanvardan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi. Bundan tashqari, yuridik shaxslar xodimlarining ish haqi va boshqa daromadlari haqidagi arxiv hujjatlarini saqlash va arxivlarga topshirishdan ozod qilinadi.
19 noyabrdan 11 dekabrgacha Toshkentda Moskvaning “Svetnoy bulvar” xiyobonida joylashgan Nikulin sirki jamoasi Toshkentda bayram dasturini namoyish etadi.
Davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirildi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr etib belgilandi.
Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi yakunlari bo‘yicha avtomobilsozlik, transport-logistika xizmatlari, yengil sanoat, parrandachilik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va memorandumlar imzolandi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Orol dengizi hududida cho‘llanishning salbiy oqibatlari bilan kurashish maqsadida 1,6 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratganini e’lon qildi. Tashabbus dengizning qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.
Avicennia International Prize xalqaro mukofotini topshirish marosimida Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Abu Ali ibn Sinoning bronza byusti ochildi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda o‘qituvchilarni «xuddi yigirma yil oldingi kabi» xonadonlarni aylanib chiqishga va o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishga majbur qilishayotgani haqida eshitib «juda xafa bo‘lgani»ni ma’lum qildi. U mutassaddilardan o‘qituvchilarni dars berishdan boshqa barcha vazifalardan ozod qilishni so‘radi.
Saudiya Arabistonning madaniyati va tarixining qadimiy dunyosi bilan qulay sharoitlarda tanish uchun Asialuxe Travel eksklyuziv turlar taklif qilmoqda.
Navoiy viloyatida issiqxona qurish uchun mo‘ljallangan 2 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan uch nafar shaxs ushlandi. Hokimlik tomonidan ajratilgan yer uylar qurish uchun sotib yuborilishi oldi olindi.
G‘uzor tumanida Nexia-2 quvib o‘tish qoidasiga rioya qilmay, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Matiz avtomobili bilan to‘qnashdi. Oqibatda mashinalardan birining salonida bo‘lgan yo‘lovchi vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting