19 noyabrdan 11 dekabrgacha Toshkent aholisini va mehmonlarini sirk olamiga qiziqarli sayohat kutmoqda.

Moskvaning “Svetnoy bulvar” xiyobonida joylashgan Nikulin sirki jamoasi Toshkentda bayram dasturini namoyish etadi. Unda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan xalq artistlari, xalqaro festivallar laureatlari va sovrindorlari qatnashadilar.

Dastur namoyishi — buyuk san’atkor, betakror iste’dod sohibi Yuriy Nikulin tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan.

Moskvaning “Svetnoy bulvardagi” Nikulin sirki Rossiyadagi eng keksa sirklardan biri. Uning har bir chiqishi — yorqin, jo‘shqin va qiziqarli tomoshadir. Har bir sahna ko‘rinishi barcha tomoshabinlarni — kattalarni ham, bolalarni ham bevosita ishtirokchiga aylantiradi.

Mehmonlarlar Sergey Yeftode, Olga Gevorkyan boshchiligidagi uzun tayoqlar bilan ishlaydigan akrobatlarning “Antipod” sahna ko‘rinishini, havo gimnastlari, dorbozlar Valeriy Svejov va Yekaterina Maksimova, Kristina Gukning “Erkin turgan narvondagi jonglyor-ekvilibrist” chiqishlarini tomosha qilishadi.


“Quvnoq kuchukchalar” tomoshasi — hayvon o‘rgatuvchi Mingazovlar, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan xalq artistlar Viktor Kudryavsev va Olga Kudryavseva rahbarligi ostida o‘rgatilgan ayiqlar, ajoyib musiqa, quvnoq masxarabozlar va boshqa ko‘plab qiziqarli chiqishlar — bularning bari Moskvaning “Svetnoy bulvardagi” Nikulin sirki taqdim etadigan tomosha dasturiga kiritilgan.

“Biz yangi qiziqarli dasturni olib kelamiz va u sizga juda yoqadi degan umiddaman. Sizni sirkda kutamiz. Chunki sirk insonni quvontiradigan, zavqlantiradigan va har tomoshasi umrni biroz uzaytiradigan san’atdir”, — dedi Moskvaning “Svetnoy bulvardagi” Nikulin sirki bosh direktori va badiiy rahbari Maksim Nikulin.


Tomoshalar 19, 20, 26, 27 noyabr va 3, 4, 10, 11 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tomosha davomiyligi (tanaffus bilan) — 2 soat.

Chiptalarni myticket.uz sayti orqali va Toshkent sirki kassalaridan xarid qilish mumkin.

Telefon: (+998) 95−169−87−87.

Reklama.