O‘zgidromet markazi 14−16 noyabr kunlari respublikaning uchta viloyatida kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishidan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha, xususan, shimol hududida 13−15 noyabr kunlari joylarda shamol 17−22 m/s gacha, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

14−16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Shu bilan birga, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.