Jamiyat

O‘zgidromet xodimlari maoshi ikki baravarga oshiriladi
23 noyabr 2020, 12:28

O‘zgidromet xodimlari maoshi ikki baravarga oshiriladi

O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlari maoshi ikki baravarga oshiriladi. Sohada uzoq muddat xizmat qilgan xodimlarga oylik ustama to‘lanadi. Hozirga qadar ular o‘rtacha 800 ming so‘mdan 1,3 mln so‘mgacha haq to‘lab kelinayotgan edi.

Andijonda o‘quvchilarni yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbariyati ishdan bo‘shatildi
23 noyabr 2020, 11:11

Andijonda o‘quvchilarni yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbariyati ishdan bo‘shatildi

Andijonda yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarilgan o‘quvchilar 43-maktabdagi «Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash» targ‘ibot tadbiri doirasida jalb qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu maktab direktori v.b. D.Nasirdinov va uning o‘rinbosari S.Ismanova ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunlar kodeksga birlashtiriladi
23 noyabr 2020, 10:48

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunlar kodeksga birlashtiriladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash kodeksining loyihasini tayyorladi. Ushbu sohadagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning normalari birlashtirilishi kutilmoqda.

Andijonda maktab o‘quvchilari yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqildi
22 noyabr 2020, 16:17 1

Andijonda maktab o‘quvchilari yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqildi

Keskin sovuq tushganiga qaramay, Andijondagi 43-maktab o‘quvchilari targ‘ibot tadbiri doirasida yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarildi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vaziyatni o‘rganmoqda. XTV rahbarlar bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilganini ma’lum qildi.

Qibrayda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
22 noyabr 2020, 13:29

Qibrayda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Qibrayda gaz portlashi oqibatida uy egasi va uning o‘g‘li vafot etdi. Portlash gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida yuzaga kelgan.

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Oskar mukofotiga tavsiya etildi
21 noyabr 2020, 19:31

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Oskar mukofotiga tavsiya etildi

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan nufuzli Oskar mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi tanlandi. 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

«Navro‘z» qabullar uyi Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish markaziga aylantiriladi
21 noyabr 2020, 11:49

«Navro‘z» qabullar uyi Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish markaziga aylantiriladi

«Navro‘z» qabullar uyini kapital ta’mirlab, Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markaziga aylantirish rejalashtirilmoqda. Birinchi qavatida esa mehnat birjasi ochiladi.

Nima tayyorlaymiz: toblatma
21 noyabr 2020, 10:30

Nima tayyorlaymiz: toblatma

Odatiy ovqatlardan charchab, taomnomasiga yangilik kiritmoqchi bo‘lganlar uchun Zira.uz 7 ta mazali va to‘yimli toblatmalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Farg‘onada elektr uzilishlar bo‘yicha mutasaddilarga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
21 noyabr 2020, 10:00

Farg‘onada elektr uzilishlar bo‘yicha mutasaddilarga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyat prokuraturasi hududlarda 3 soatdan 28 soatgacha elektr uzilishlari kuzatilayotganini aniqlab, elektr tarmoqlari mansabdorlariga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atdi.

Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bo‘lsayam, ma’nosi bor — Shavkat Mirziyoyev
20 noyabr 2020, 22:26

Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bo‘lsayam, ma’nosi bor — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan uchrashuvda oxirgi yillarda yaratilgan kinolar soni kam bo‘lsa ham, ma’nosi borligini ta’kidladi. U o‘zbek filmlari 100 taligini tuzib, davlat va xususiy telekanallarda namoyish qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

To‘raqo‘rg‘on IES energobloklari avariyaviy to‘xtadi
20 noyabr 2020, 22:02

To‘raqo‘rg‘on IES energobloklari avariyaviy to‘xtadi

Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektrostansiyasining har ikki energobloki avariyaviy to‘xtadi. Natijada vodiy viloyatlari, Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga elektr energiyasini yetkazib berish cheklandi.

Noma’lum shaxslar harakatlanib ketayotgan vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlashga urinishdi
20 noyabr 2020, 18:26

Noma’lum shaxslar harakatlanib ketayotgan vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlashga urinishdi

Besh kishi Toshkent viloyatida harakatlanib ketayotgan, ko‘mir ortilgan vagonlarni o‘marmoqchi bo‘lishdi. Ularni ushlashning imkoni bo‘lmadi, hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Mehnat inspeksiyasiga mehnat qoidalari buzilishi bo‘yicha 800ga yaqin murojaat kelib tushgan
20 noyabr 2020, 18:01

Mehnat inspeksiyasiga mehnat qoidalari buzilishi bo‘yicha 800ga yaqin murojaat kelib tushgan

Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 790 ta murojaat kelib tushgan. Yil boshidan o‘tkazilgan monitoring davomida 107 ta majburiy mehnatga jalb qilinganlik holatlari qayd etilgan.

Toshkentda oqova suvlardagi chiqindilar hajmi ortib bormoqda — «O‘zsuvta’minot»
20 noyabr 2020, 15:17

Toshkentda oqova suvlardagi chiqindilar hajmi ortib bormoqda — «O‘zsuvta’minot»

Kanalizatsiya tizimiga chiqarilgan chiqindilar hajmi yil sayin ortib bormoqda, deb xabar beradi «O‘zsuvtaminot» kompaniyasi. Shu sababli kollektor blokirovkalari va kanalizatsiya tizimidagi baxtsiz hodisalar tez-tez uchramoqda. Toshkentning oqava suvlarida oziq-ovqat qoldiqlari, butilkalar, kiyim-kechaklar, tagliklar va hattoki sanoat chiqindilari topiladi.

Prezident Yashnobod tumanidagi texnoparkga tashrif buyurdi
20 noyabr 2020, 14:49

Prezident Yashnobod tumanidagi texnoparkga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi texnoparkga tashrif buyurib, u yerdagi yangi inshootlarni ko‘zdan kechirdi. 2021 yilda bu yerda yana turli xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan to‘qqizta korxona ishga tushirilishi kutilmoqda.

Komiljon Tojiboyev Ekopartiya raisi etib saylandi
20 noyabr 2020, 14:11

Komiljon Tojiboyev Ekopartiya raisi etib saylandi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Komiljon Tojiboyev saylandi.

Elektr energiyasining uzilishiga iste’molning keskin ortishi sabab bo‘ldi — Energetika vazirligi
20 noyabr 2020, 12:32

Elektr energiyasining uzilishiga iste’molning keskin ortishi sabab bo‘ldi — Energetika vazirligi

Sovuq ob-havo tufayli elektr energiyasi iste’molining keskin ortishi ta’minotda uzilishlarga olib keladi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon berishi ta’kidlandi.

Klara Jalilova 82 yoshida olamdan o‘tdi
20 noyabr 2020, 10:29

Klara Jalilova 82 yoshida olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 82 yoshida vafot etdi.

Prokuratura qishloq xo‘jaligidagi qonunbuzilishlarda moliya vaziri o‘rinbosari aloqadorligini tekshirmoqda
19 noyabr 2020, 23:08

Prokuratura qishloq xo‘jaligidagi qonunbuzilishlarda moliya vaziri o‘rinbosari aloqadorligini tekshirmoqda

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ ajratish va sarflashning qonuniyligini tekshirish to‘g‘risida so‘rov yubordi. Bundan tashqari, Moliya vazirligi mansabdor shaxslari, jumladan, vazir o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashevning qonunbuzilish holatlarda aloqadorligini tekshirish kutilmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalari noyabr oyining oxiriga qadar ochiladi
19 noyabr 2020, 18:13

Maktabgacha ta’lim muassasalari noyabr oyining oxiriga qadar ochiladi

Maktabgacha ta’lim muassasalari noyabr oyining oxiriga qadar ochiladi. Ish faoliyatini boshlash va bolalarni qabul qilish huquqi faqat SESdan ruxsat olgan MTMlarga beriladi. Lekin, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan, xodimlari orasida koronavirus aniqlangan MTMlar faoliyati tiklanmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting