Jamiyat

SSV tizimidagi qator rahbarlar lavozimidan ozod etildi
12 mart 2023, 10:35

SSV tizimidagi qator rahbarlar lavozimidan ozod etildi

SSV rahbari Amrillo Inoyatov o‘tkazgan hay’at yig‘ilishida O‘zmedimpeks kompaniyasi direktori, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori v.b. va boshqarmalar boshliqlari ishdan olindi. Bunga ularning topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagani va yo‘nalishida yetarli natija ko‘rsatmagani sabab bo‘lgan.

Farhod Mannopov vafotidan so‘ng Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
11 mart 2023, 22:58

Farhod Mannopov vafotidan so‘ng Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

SSV vayner Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha laborator tahlil va MSKT tekshiruvlari natijalarini e’lon qildi. Aytilishicha, bemorga rinoseptoplastika amaliyoti uchun narkoz berilgan, biroq operatsiya davrida ahvoli yomonlashib, o‘lim qayd etilgan. Hozirda Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

11 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 mart 2023, 22:00

11 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda relsdan chiqib ketgan yuk poyezdi vagonlari, yana chang bo‘roni, hali ham shohsupada turgan 47 yoshli atlet Oksana Chusovitina, MIBning yangi rahbari, bosh vazirga matbuot kotibi, Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigitning 15 sutkaga qamalgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Toshkentda uchta avtomobil ishtirokidagi to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘ldi
11 mart 2023, 21:44

Toshkentda uchta avtomobil ishtirokidagi to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentda Changan yuk mashinasi yo‘l chetida turgan Matiz, so‘ngra Cobalt bilan to‘qnashdi. Hodisa natijasida Matiz’ning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

Toshkent viloyatida Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topildi
11 mart 2023, 18:03

Toshkent viloyatida Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topildi

Bo‘ka tumanidan yunon ma’budasi tasviri tushirilgan ko‘za topildi. Uning miloddan avvalgi III asrga tegishli ekani aytilmoqda.

Toshkentda yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi
11 mart 2023, 15:59

Toshkentda yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi

Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.

O‘zbekistonda Avstriya va Germaniyaga migrantlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin
11 mart 2023, 15:15

O‘zbekistonda Avstriya va Germaniyaga migrantlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Avstriyaning «eee Austria» kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Avstriya va Germaniya mehnat bozorlarida ishga joylashish uchun migrantlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tuzish masalasi muhokama qilindi.

Toshkentdan 2-sonli Zangiota shifoxonasiga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
11 mart 2023, 15:12

Toshkentdan 2-sonli Zangiota shifoxonasiga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘li Sergeli 5-bekatidan «Zangiota-2» yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yildi. Avvalroq xodimlar va bemorlar transport yo‘qligidan shikoyat qilgandi.

Toshkentdagi maktabda darsga xalaqit bergan bolani urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi
11 mart 2023, 14:56

Toshkentdagi maktabda darsga xalaqit bergan bolani urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi

Yashnoboddagi 152-maktabda o‘qituvchi darsga xalaqit bergani uchun bolani urib, darsdan chiqarib yubordi. Tuman sudi pedagogga 900 ming so‘m jarima tayinladi. O‘qituvchi esa mazkur holat maktab direktori tomonidan uyushtirilgani va majburiy ishdan bo‘shatilganini aytmoqda.

Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi
11 mart 2023, 14:41

Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani xabar qilingandi. Viloyat IIB uning shaxsiga aniqlik kiritib, 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.

Nima tayyorlaymiz: Bahoriy salatlar
11 mart 2023, 10:36

Nima tayyorlaymiz: Bahoriy salatlar

Yalpizli aralashma qo‘shib tayyorlangan, bodring va karamli salat, gruzincha, no‘xat va sabzavotli salat va boshqalar — Zira.uz foydali va tez tayyorlanadigan bahoriy salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekistonda hashar 11 martdan 18 martga ko‘chirildi
11 mart 2023, 09:37

O‘zbekistonda hashar 11 martdan 18 martga ko‘chirildi

O‘zbekiston hukumati farmoyishi bilan 11 mart (ish kuni)da o‘tkazilishi rejalashtirilgan hashar 18 martga ko‘chirildi.

Toshkent viloyatidagi xonadonda itlar so‘yib kelingani aniqlandi
11 mart 2023, 09:30

Toshkent viloyatidagi xonadonda itlar so‘yib kelingani aniqlandi

Tarmoqlarda Yuqori Chirchiqdagi xonadonlarning birida itlar shafqatsizlarcha o‘ldirilayotgani xaqida xabar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Yassaviy kolxozidagi uyda sodir bo‘lgani va xonadon egasi 25 dona itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagani va ularni so‘yib kelganini ma’lum qildi.

Samarqandda 18 yoshli qiz o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi
11 mart 2023, 09:24

Samarqandda 18 yoshli qiz o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi

Oqdaryo tumanida 18 yoshli talaba qiz ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi. Uning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

«Hayot hamin». Karikaturalar personaji Toshmurod — hayoti va falsafasi, «kultur-multur» va mentalitet haqida
11 mart 2023, 09:00 1

«Hayot hamin». Karikaturalar personaji Toshmurod — hayoti va falsafasi, «kultur-multur» va mentalitet haqida

Jasur Rahimov — Samarqandlik illyustrator. 2012 yilda u AQShga jo‘nab ketdi va Uzbekistan Illustrated loyihasi uchun yangiliklarni sharhlaydigan hajviy personaj Toshmurodni o‘ylab topdi. Boshlovchi yubileyi munosabati bilan biz rassomdan Toshmurod, uning falsafasi va milliy qadriyatlar haqida so‘radik.

Buxoroda avtobusda erkak kishining qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda
10 mart 2023, 23:09

Buxoroda avtobusda erkak kishining qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilgan videolar tarqaldi. Shahar IIO FMB holatga aniqlik kiritish uchun tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi.

Farg‘onada yopishqoq tuzoqqa tushirgan chittakni qiynagan shaxsga hujjatlar rasmiylashtirildi
10 mart 2023, 22:48

Farg‘onada yopishqoq tuzoqqa tushirgan chittakni qiynagan shaxsga hujjatlar rasmiylashtirildi

Internetda mashinasining yon oynasiga sichqon tutishga mo‘ljallangan yopishqoq qopqonga tushgan chittakni boshiga chertib qiynayotgan erkak videosi tarqaldi. Keyinroq u o‘z qilmishini qush mashina oynalarini tirnalayotgani bilan izohlab, kechirim so‘radi. Ekologlar tegishli hujjatlarni IIBga topshirdi.

10 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 mart 2023, 22:00

10 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

30 aprelda o‘tkazilishi kutilayotgan Yangi Konstitutsiya referendumi, ayollarning kiyinishini tanqid qilgan qiz 15 mln so‘m jarimaga tortilgani, O‘zbekistonda ishga tushadigan 5G mobil interneti, bir haftaga qoldirilgan umumxalq hashari, marafonga yopiladigan ko‘chalar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Nima ko‘ramiz? San’atshunos jurnalist Iqbol Qo‘shshayeva tavsiya qiladi
10 mart 2023, 20:58

Nima ko‘ramiz? San’atshunos jurnalist Iqbol Qo‘shshayeva tavsiya qiladi

Yaxshi kino — yaxshi kitobdek. Ayni damda, biri ikkinchisiga xalal bermaydi. «Gazeta.uz» vaqtni mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoq niyatida «Nima ko‘ramiz?» loyihasini boshladi. Ko‘rilishi maqsadga muvofiq hisoblangan filmlar haqida kinoijodkorlar, jurnalistlar, jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

V International Tashkent Marathon`ga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
10 mart 2023, 19:00

V International Tashkent Marathon`ga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Yoshlar siyosati va sport vazirligida V International Tashkent Marathon va Yangi Nafas yugurish musobaqasi tashkilotchilari ishtirokida matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting